Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o‘ziga xos belgilari birinchidan, jamoat va davlat turmushining barcha sohalarida huquq va qonunning ustuvorligi, qonun talablarining davlat hokimiyati va barcha organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi; ikkinchidan, shaxs huquqlari va erkinliklarining realligi, uni erkin kamol toptirish ta’minlanishi, davlat bilan shaxsning o‘zaro mas’ulligi; uchinchidan, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijrochilik va sudhokimiyatiga bo‘lish asosida amalga oshirish.
Institut lot. institutummahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘zaro xatti harakat qilish uchun qo‘llabquvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.
Integratsiya lot. integratiotiklanish, bajarish; integerbir butun; qandaydir qismlarning bir butunlikka birlashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |