O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

TRENING “MULOQOT”. 
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA
Ushbu trening o‘quvchilarтш dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini 
erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga 


64 
qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan 
holda o‘tkaziladi.
MAQSAD. 
Tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarlarning fikrlarini hamda ushbu 
mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga 
kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga 
sharoit yaratish. 
O‘TKAZILISH TARTIBI.
Mashg‘ulotni boshlashdan avval o‘quvchilarni muloqot, bahs-munozarani 
o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiriladi, so‘ngra ushbu trening 
bosqichma-bosqich o‘tkazilishni tushuntiriladi. 
1 – BOSQICH.
O‘qituvchi mashg‘ulotni muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, 
“Siz xalq og‘zaki ijodidan ertaknimi eoki hikoyatlarni yaxshi deb o‘ylaeciz”. Shu 
mavzuni o‘rtaga tashlab o‘quvchilardan ertak va hikoyatlar tarafdorlarini aniqlab oladi. 
Ularni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi.
2 – BOSQICH
Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, 
misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni bo‘lsa 
videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. 
Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o‘z fikrlarini qo‘shimcha 
qilishlari mumkin. O‘qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit va 
imkoniyatga qarab vaqt beradi. 
3 – BOSQICH.
Guruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach, o‘qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun 
so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh 
nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar 
asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning qolgan 
a‘zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar birdirishlari mumkin. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling