O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


“GALEREYANI AYLANISH” METODI


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

“GALEREYANI AYLANISH” METODI 
Kichik guruhlarning hamma a‘zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir 
guruh 10 minut davomida o‘z fikrlarini yozadi-da, javoblar zikr etilgan varaqlarni 
ikkinchi guruh bilan almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini 
baholashi va javob tugal bo‘lmasa,o‘z variantini taklif etishi kerak. 
 
MUNOZARA
Munozara – bu ikki yoki bundan ko‘proq kishilarning keskin chegaralangan 
qoidalar doirasida og‘zaki ravishda o‘zaro olib boradigan bahsi, munozarasi, masala 
talashuvidir. Uning asosida kamdan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu 
o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik bilan keltirilgan dalil yordamida opponentdan 
ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariya yoki g‘oyalarni targ‘ib qilish 
maqsadida emas, balki mamnun bo‘lish va qatnashchilarga bilim berish maqsadida olib 
boriladi. Munozara mavzui hamisha taklif ko‘rinishida maydonga qo‘yilishi kerak, gap 
namalar to‘g‘risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa jumlalarni 
sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va 


74 
rais qatnashadi. Qatnashchilarning biri taklifni qo‘llab quvvatlab chiqsa (munozarani 
ochuvchi kishi), ikkinchisi – bu taklifga qarshi bo‘lib chiqadi – opponent bo‘ladi. 
Munozaralarda boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin. 
Munozara ochuvchi kishi va opponent, shuningdek qo‘shimcha ravishda so‘zga 
chiqadiganlar o‘z so‘zlarini oldindan tayyorlab olishlari kerak. Har bir kishi muayyan 
vaqt davomida, odatda, 15 daqiqa so‘zlaydi, har qaysi tomondan qo‘shimcha ravishda 
so‘zga chiquvchilar ko‘p deganda 2 kishi bo‘lishi va ularning so‘zlash vaqti 5 
daqiqadan ortmasligi kerak. Munozara ochilishidan oldingi yarim soat davomida 
guruhning har bir a‘zosi uning mavzui yuzasidan fikr bildirishi – unga qo‘shilishi yoki 
qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa beriladi, ikki marta so‘zga chiqish ruxsat 
etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning hammasi raisga murojaat qilishadi, uning qarori 
uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi. 
So‘zga chiqish tartibi quyidagicha: 
- munozarani ochuvchi; 
-opponent; 
- munozarani ochuvchining yordamchilari, agar ular bo‘lsa; 
-opponent yordamchilari; 
-sinfdagilarning so‘zga chiqishi; 
- munozarani ochuvchi. 
Raisning asosiy vazifasi munozara tartibiga qattiq amal qilinishi va 
so‘zlovchilarning munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuzatib borishdan iborat. 
“AKVARIUM” METODI 
Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy 
oladilar – go‘yoki “baliq”, qolaganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga 
bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10– 15 daqiqa davomida birgalikda muhokama 
qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini 
yozib borishlari kerak. Avval “baliqlar” g‘oyasi taklif etiladi, uni kuzatuvchilar 
muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu 
g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘rniga 
kichik guruhga o‘tadi.
Bu metodni xuddi “Nima, qaerda va qachon?” nomli o‘yini singari o‘tkazish 
mumkin, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, o‘quvchilar 
bularni 1 daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli 
bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar o‘quvchi borib o‘tiradi va o‘yin davom etadi.
“Akvarium” metodining afzalliklari: 
- mavzu birgalikda muhokama qilinadi; 
- metod mavzuni qismlarga ajratishga, o‘quvchilar bilimlarini tekshirishga imkon 
beradi; 
-munozara olib borish malakasi rivojlanadi; 
-mashg‘ulot o‘yin ko‘rinishida o‘tadi; 
-har bir o‘quvchi ishtirok etadi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling