O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘TKAZILISH TARTIBI
TRENING “MULOQOT”.
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA. Ushbu trening o‘quvchilarтш dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga 64 qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi. MAQSAD. Tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarlarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish. O‘TKAZILISH TARTIBI. Mashg‘ulotni boshlashdan avval o‘quvchilarni muloqot, bahs-munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiriladi, so‘ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o‘tkazilishni tushuntiriladi. 1 – BOSQICH. O‘qituvchi mashg‘ulotni muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Siz xalq og‘zaki ijodidan ertaknimi eoki hikoyatlarni yaxshi deb o‘ylaeciz”. Shu mavzuni o‘rtaga tashlab o‘quvchilardan ertak va hikoyatlar tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi. 2 – BOSQICH. Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni bo‘lsa videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o‘z fikrlarini qo‘shimcha qilishlari mumkin. O‘qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi. 3 – BOSQICH. Guruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach, o‘qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning qolgan a‘zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar birdirishlari mumkin. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling