O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

3 – BOSQICH.
- trener tinglovchilaridan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini 
so‘raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar 
bo‘yicha tashkil etilishi mumkin
- kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o‘z qog‘ozidagi yakka baho 
bo‘limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 
3 kishida uch xil bo‘lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, 
bahslashib, bir-birlariga ta‘sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir 
muqimga kelib ularga tarqatilgan qog‘ozdagi “GURUH BAHOSI” bo‘limiga raqamlar 
bilan belgilab chiqadilar.
- Trener kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va 
har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt 
beriladi. 
4 – BOSQICH.
- Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, trener harakatlar ketma-ketligi 
bo‘yicha to‘g‘ri javobni beradi, ya‘ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog‘ozlardan 
“TO‘G‘RI JAVOB” bo‘limini topishni va unga trener tomonidan aytilgan harakatlar 
ketma-ketligining raqamlarini yozishni so‘raydi.
5 – BOSQICH.
- Trener “TO‘G‘RI JAVOB” bo‘limida berilgan raqamlardan “YaKKA BAHO” 
bo‘limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya‘ni kattadan-kichikni ayirgan holda 
“YAKKA XATO” bo‘limiga chiqqan farqni yozishini so‘raydi. “YAKKA BAHO” 
bo‘limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqish umumiysini hisoblashlari 
kerakligini uqtiradi.  
6 – BOSQICH.
- Xuddi shu tartibda “TO‘G‘RI JAVOB” va “GURUH BAHOSI” o‘rtasidagi farq 
kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “GURUH 
XATOSI” bo‘limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy son keltirib 
chiqariladi. 
7 – BOSQICH.
- Trener yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi, 
ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
YAKKA XATO” bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi: 
- Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo‘lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, 
konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaql ravishda har bir ishni tashkil eti oladilar
turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma-ketligini tashkil eta 
oladilar.
- Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo‘lsa, bunday tinglovchilarda 
tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida 
qiynaladilar, yoki pala-partishlikka yo‘l qo‘yadilar. Shuning uchun ular alohida 
kurslarda o‘qishlari yoki mantiqan fikrlashga o‘rganishlari kerak bo‘ladi.


67 
- Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo‘lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, 
mantiqan fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular o‘z ustilarida ishlashlari kerak bo‘ladi 
yoki maxsus treninglar, kurslarda o‘qishlariga to‘g‘ri keladi.
GURUH XATOSI” bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi: 

Agar xatolar soni 30 gacha bo‘lsa, bu guruhlardagi tinglovchilar bir-birlarini 
tushunishga harakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir hil natijaga 
erishganlar.

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling