O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


“BLITS – O‘YIN ” TEXNOLOGIYASI


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

“BLITS – O‘YIN ” TEXNOLOGIYASI
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA. 
Ushbu texnologiya o‘quvchi-tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri 
tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmet asosida ko‘p xilma-xil 
fikrlardan, ma‘lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu 
texnologiya davomida o‘quvchi-tinglovchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini 
boshqalarga o‘tkazi oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib 
beradi.
 
MAQSAD
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar 
ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini 
boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olishga 
yordam beradi.
O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI.  
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1 – BOSQICH
- Trener ushbu trening bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tinglovchilarga 
(o‘quvchi-tinglovchilarga) tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq 
vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida 
ularni ogohlantiradi; 
- O‘qituvchi hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va 
tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi; 
- O‘qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, 
ya‘ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatni ketma – ketligini to‘g‘ri belgilash 
kerakligi, belgini esa qog‘ozdagi alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan belgilash 
kerakligini tushuntiradi; 
Qo‘yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 – BOSQICH.
- O‘qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda 
bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
- har bir tinglovchi tarqatma materialidagi “YAKKA BAHO” bo‘limiga shu yerda 
berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketiligini 


66 
raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya‘ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, 
birinchi bo‘lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo‘lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish 
uchun trener tinglovchilariga 10 daqiqa vaqt beradi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling