O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 – BOSQICH.
4 – BOSQICH.
Mashg‘ulotning 3 – bosqichdagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o‘z mavzusi bo‘yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, trener mashg‘ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka, o‘z fikr va mulohazasini birdirmaslikka, savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab, qoidalarni to‘liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. 5 – BOSQICH. Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarini yanada ta‘kidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo‘shilishlariga da‘vat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga ta‘sir 65 ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini ma‘qullashga harakat qiladilar. Trener bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, ya‘ni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi. 6 – BOSQICH. Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlarini umumlashtiradi va o‘zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi. Mashg‘ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg‘ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilanadi. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling