O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
-Mavzu: Interfaol metodlar va ularning tasnifi
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “TARMOQLAR” METODI (KLASTER)
7-Mavzu: Interfaol metodlar va ularning tasnifi. Reja. 1. Interfaol metodlar va ularning tasnifi. 2. Ta‘lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati. Tayanch iboralar:Interfaol metodlar,interaktiv. Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:Muammoli metod, ko‘rgazmali metod (slaydlar asosida), aqliy hujum. “Innovatsiya – yangilik” so‘zining qachon paydo bo‘lganligi aniq bo‘lmasada, bu tushuncha umumiy fanlarga, tabiiy fanlardan kirib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Bunday yangiliklarning aksariyati qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida joriy etilardi. Pedagogik termin sifatida esa innovatsiya tushunchasi, yangi tushunchalardan biri bo‘lib, unga turli ta’riflar va fikrlar bildirilmoqda. Innovatsiya jamiyat paydo bo‘lishidan boshlab o‘zgarib kelinmoqda. Ba‘zi pedagoglar innovatsiya so‘zini tor ma‘noda ta’limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari unga kengroq tushuncha bermoqda. Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarni, islohot, o‘qitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirmoqdalar. Talim jara- yonida interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradigan innovatsion usuldir. Quyida shunday iteraktiv metodlardan namunalar keltiramiz: “TARMOQLAR” METODI (KLASTER) Fikrlarning tarmoqlanishi – bu metod o‘quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashga o‘rgatadi. Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish 57 hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz 4-sinf ona tilidan “So‘z tukumlari” mavzusidagi takrorlash- umumlashtirish darsida fodalanish mumkin bo‘lgan klastrdan namuna sifatida misol keltiramiz: Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling