O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
-MAVZU: BILIMLARNINNG KO‘NIKMA VA MALAKALARGA
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
6-MAVZU: BILIMLARNINNG KO‘NIKMA VA MALAKALARGA AYLANISH TEXNOLOGIYASI. Reja: 1.Bilimlarning ko‘nikma va malakalarga aylanishining mohiyati. 2. Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash ta‘lim jarayonining negizi. 3. O‘zlashtiriladigan bilimlar hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 4. Bilimlarni ko‘nikma va malakalarga aylanishi bosqichlari. Tayanch tushunchalar:ko’nikma, malaka. Davrning dolzarb muammolaridan biri – tahsil oluvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularda muhim kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov oliy ta‘lim tizimi oldida turgan muhim vazifalar xususida to‘xtalib, shunday degan edi: “Oliy bilim yurtlarimizni bitirib, ta‘lim-tarbiya olib chiqayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi ko‘p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga javob bermasligi ko‘zga tashlanmoqda. ...oliy o‘quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berishini aniqlab olishimiz kerak”. Bu shubhasiz, tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga sifat jihatdan yuqori bo‘lgan bir qator talablarni qo‘yishni taqozo qiladi. Shunday ekan, tahsil oluvchilarning ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifati ustida ishlashi muhim ahamiyatga ega. Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash ta‘lim jarayoni negizini xarakterlab, uning asosi, muhim sharti sifatida yuzaga chiqadi. Shunga ko‘ra pedagogika nazariyasi va amaliyotida ushbu tushunchalar fundamental ahamiyatga ega. Bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmuni hamda ularning shakllanish jihatlari psixologiya, didaktika, xususiy metodika va amaliy mashg‘ulotlarga oid adabiyotlarda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu tushunchalarga aniq ta‘rif berilganiga qaramay, mazkur tushunchalar yanada chuqur o‘rganish va nazariy jihatdan har tomonlama asoslanishga muhtoj. Bilim-bu ob‘ektiv reallikning ongimizda aks etishidir. Bu bilimlar tasavvur, tushuncha sifatida bo‘lib,har bir kishining nutqida ma‘lum bir tizimda aks etadi. Haqiqiy bilimlar bilish faoliyati, mustaqil fikr yuritishning natijasidir. Ular hech qachon qotib va o‘zgarishsiz qolmaydi. Formal bilimlargina ana shunday bo‘lishi mumkin. Haqiqiy bilimlar-rivojlanib boruvchi bilimlardir. Bilish jarayonida bilimlarning rivojlanishi, ularni aniqlash, oydinlashtirish, to‘ldirish va chuqurlashtirish yo‘li bilan boradi. 52 Ko‘nikma-bu bilimning harakatga kelishidir. Ko‘nikma-u yoki bu harakatni ongli va mustaqil bajarishni ta‘minlaydigan priyomlar tizimidir. O‘qish jarayonida o‘quvchi tomonidan egallanadigan ko‘nikmalar turli-tumandir: kuzata bilish va kuzatganlardan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish ko‘nikmasi; texnik chertyojlarni tuza bilish va uni o‘qiy bilish ko‘nikmasi; o‘z fikrini yozma va og‘zaki bayon eta bilish ko‘nikmasi; masalalar yecha bilish ko‘nikmasi; mexanizmlarni bo‘laklarga bo‘lish va uni yig‘a bilish ko‘nikmasi. U yoki bu ko‘nikma tarkibiga kiruvchi priyomlar (usul)avtomatlashib malakaga aylanadi. Masalan, harfni yozish, o‘qish va hokazolar. Malaka bu ko‘nikmaning avtomatlashgan komponenti bo‘lib, u ko‘nikmani muvaffaqiyatli va tez ta‘minlaydi. Pedagogikaga doir adabiyotlarda “bilim” tushunchasi odatda insonlar tomonidan mavjud voqea-hodisalar, tabiat va jamiyatlar qonunlarini bilish mahsuli sifatida baholandi. Bunday ta‘rif, asosan, bilimning falsafiy qirrasini ochishga xizmat qiladi. Didaktika nazariyasida esa “bilim” tushunchasiga nisbatan ikki tomonlama yondashiladi. A) tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilimlar; B) tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy xislatlarni ifoda etishga xizmat qiluvchi bilimlar. Yuqorida keltirilgan birinchi ta‘rif ta‘lim mazmunini ifodalaydi. Bu bilimlar adekvat xususiyatga ega bo‘lib, o‘zida jamiyat hayoti va amaliyotida tasdiqlangan moddiy borliqni aks ettiradi. Bilimlar qotib qolgan o‘zgarmas hodisa emas. Jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar ham uzluksiz aniqlanib, rivojlanib, chuqurlashib va ba‘zan jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, takomillashib boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo‘lgan ushbu omilni hisobga olgandagina ta‘lim mazmunining ilmiyligi ta‘minlanadi. O‘quv predmeti doirasida taqdim etiladigan bilimlarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) muvofiq tarzdagi fan asoslarini ifodalovchi ilmiy bilimlar; 2) dolzarblik va turg‘unlik jihatiga ko‘ra o‘zgaruvchan bo‘lgan axborotlar ko‘rinishidagi ilmiy ma‘lumotlar. Ilmiy ma‘lumotlar. Ular odatda nazariyalarning mahsuli sifatida yuzaga keladi. Bu bilimlarning muntazam jamlanishi hozirgi fanning muayyan holatini ifodalovchi deduktiv tizimdagi axborot hajmini ortib borishiga olib keladi, lekin mazkur fan negizini tashkil etuvchi bilimlar tizimiga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Bunda yangi ma‘lumotlarning bir qismigina ilmiy nazariyaning asosiy holatlarini o‘zgartiradi. Bilimlar qanchalik umumlashgan bo‘lsa, ular shunchalik turg‘un xarakterga ega bo‘ladi. Tabiiyki, o‘qituvchi tahsil oluvchilar bilish faoliyatini boshqarish jarayonida ularga ma‘lum bir fanga oid fundamental bilimlar bilan bir qatorda shu bilimlarni boyituvchi, ular orasidagi turli aloqadorlik va munosabatlarni namoyish qiluvchi, jamiyat va shaxsning muntazam ortib boruvchi ehtiyojlarini, hayotdagi mavjud muammolarni ifodalovchi joriy axborotlarni ham berib borishi lozim. Bilimlar o‘rganilayotgan asosiy jihatlarni mantiqiy ketma-ketlikda qamrab olishi, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va har bir o‘rganilayotgan tushunchadagi barcha ahamiyatli jihatlarni ochib berishi, ya‘ni, izchil bo‘lishi lozim. O‘zlashtiriladigan bilimlarning asosiy sifati ularning anglanganlik, tushunilganlik darajasida ifodalanadi, shuningdek, 53 tahsil oluvchining buyum va hodisalarni nafaqat tavsiflab bera olishi, balki o‘rganilayotgan dalillarni asoslab xulosalar chiqara olishida namoyon bo‘ladi. Hosil bo‘lgan bilimlar o‘rganilayotgan buyum, hodisalar mazmuni va qarash ko‘lamining kengligiga xizmat qiluvchi mukammallikka ega bo‘lishi lozim. O‘zlashtiriladigan bilimlar hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘nikma va malakalarning mazmuni va o‘zaro nisbati haqida bir qancha qarashlar mavjud. Didaktikada mavjud an‘anaviy nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, ko‘nikma, malakadan oldin hosil bo‘ladi, amaliyot natijasida ko‘nikma malakaga aylanadi. “Pedagogik entsiklopediya”da (1968) ko‘nikmaga quyidagicha ta‘rif berilgan: “Ko‘nikma – ishlashga to‘g‘ri keladigan sharoitlarga mos harakatlarni samarali bajara olish layoqati. Ko‘nikmalar ham amaliy, ham nazariy xususiyatga ega bo‘ladi”. “Malaka – yuqori darajadagi harakatlarning avtomatlashuvi bo‘lib, unda aqliy boshqaruv bir darajada kamayadi. Malaka amaliy faoliyatini shu qadar tezroq bajarilishidirki, harakat o‘z-o‘zidan amalga oshirilayotgandek bo‘ladi”. A.A.Smirnov, A.N.Leont‘evlar tahriri ostida nashr etilgan “Psixologiya” kitobida “Mashqlar natijaida mustahkamlangan harakat usuliga malaka deyiladi”. “Ko‘nikmalar esa ishni bajarishning mustahkam va tartibli darajasiga erishish imkonini beruvchi mashqlarni talab qilmaydi”, deya ta‘rif beriladi. M.A.Danilov ko‘nikma harakatni bilish, malaka esa harakatning ayrim avtomatlashgan qismidir, deb yozadi. Kasb maktablari uchun Tavsiya etiladigan tavsiyanomada quyidagi ta‘rif keltirilgan: “Ko‘nikma foliyatning shunday turiki, undagi harakatlar yetarli darajada fikrlab-avtomatlashuvsiz bajariladi; malaka esa avtomatlashgan harakatni ifodalaydi. Ko‘zda tutilgan har qanday operatsiya qisqa muddatda o‘ylab amalga oshiriladi”. A.Papishevning fikricha, “Ko‘nikma ilgari shakllantirilgshan bilim va malakalar asosida hosil bo‘ladi; malaka – bu maqsadli faoliyat davomida uni tashkil etuvchi harakatlarni avtomatlashgan holda, unga nisbatan maxsus yo‘naltirilgan diqqatsiz, biroq aqliy nazorat ostida bajarilishidir”. Har qanday malaka bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga olib, ular asosida shakllanadi hamda ularning yangi sharoitlarda yetishmaydigan elementlari qayta shakllanadi. Psixologiyaga oid adabiyotlarda “ko‘nikma” va “malaka” tushunchalari xususida shunday fikrlar bildirilgan: “Maqsadli harakatlarning inson tomonidan qisman avtomatik ravishda bajarilishiga malaka deyiladi”. So‘ngra “Ko‘nikma” atamasi sub‘ekt ega bo‘lgan bilim va malakalar asosida faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish uchun zarur pedagogik va psixologik harakatlar tizimidir deya sharhlanadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘nikma – harakatlarni samarali bajarish imkoniyatidir; ma‘lum darajada o‘ylab bajariladigan harakatlar majmuidir; qandaydir harakatni yangi sharoitlarda bajarishning usulidir; murakkab tizimli psixik va amaliy harakatlarga ega bo‘lish demakdir. “Ko‘nikma bu harakatdagi bilim” hisoblanadi. Malakani quyidagicha ta‘riflaymiz: “Malaka – yuqori o‘zlashtirilganlik darajasiga ega bo‘lgan harakatlar yig‘indisidir; mashqlar natijasida mustahkamlangan harakat usulidir; u bilim va ko‘nikmalar zaminida shakllanadi”. 54 Yuqorida, mulohazalardan ayon bo‘lib turibdiki, ko‘nikma va malaka tushunchalarining mazmun va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Chunonchi, tahsil oluvchilarda umummehnat va kasbiy ko‘nikmalar quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi: - ko‘nikmani shakllantirishning dastlabki bosqichida tahsil oluvchilarga o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan harakatni bajarish tartibi tushuntiriladi. Harakatni bajarish usulini bilish amalda to‘laqonli bajarishni ta‘minlay olmasa-da, uning shakllanishi uchun zarur omil bo‘ladi. Ta‘sil oluvchida harakatlar bilan tanishish uni o‘rganishga qadar, ya‘ni, ko‘nikma shakllangunga qadar amalga oshadi. Lekin harakat vazifasi bilan yuzaki tanishish va uni tavsiflash ko‘nikma shakllanishi uchun yetarli emas. Harakatlar bajarilishini o‘qituvchi rahbarligida chuqur va mustahkam o‘zlashtirish lozim. Harakatlarni bajarishga o‘rganishning dastlabki bosqichlarida pedagogning vazifasi harakat tartibini tushuntirish, ularning amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, tahsil oluvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va tizimlartirish bilan, boshqacha qilib aytganda, unga mashqlar tavsifi va maqsadi, qanday o‘zlashtirish kerakligi to‘g‘risida aniq bilimlar berish bilan belgilanadi. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling