O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Ta‘lim jarayonini loyihalash tamoyillari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

Ta‘lim jarayonini loyihalash tamoyillari: 
Uzluksiz ta‘lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirishdan 
iboratligi ta‘kidlab o‘tildi. Ushbu jarayonning samaradorligini ta‘minlashda quyidagi 
shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga ega: 
1) o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining ta‘lim 
amaliyotida faol qo‘llanilishi; 
2) rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta‘limi amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy 
texnologiyalardan xabardor bo‘lish. 
Ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim 
ko‘rinishlaridan biri. 
U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
Loyihani yaratish (1); 
Tahsil oluvchilar faoliyatini tashhalash (2); 
Pedagogik jarayonni tashkil etish (3); 
Pedagogik jarayonning samarali kechishini ta‘minlash (4); 
Tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish (5)ni o‘z ichiga oladi. 
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o‘qituvchi va tahsil oluvchi faoliyatlarining 
mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta‘lim 
jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya‘ni, 
ta‘lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi. 
O‘qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta‘lim jarayonini loyihalash alohida 
ahamiyatga ega.Har bir o‘quv kursini o‘rganish alohida mavzu va bo‘limlarni 
loyihalash asosida amalga oshiriladi. 
Texnologik yondashuv nuqtai nazaridan, ta‘lim jarayonini loyihalash – o‘qituvchi 
kasbiy faoliyatining ko‘rinishi bo‘lib, o‘qituvchining ta‘lim jarayonining texnologik 
tuzilma, uning natijasini ta‘minlovchi metod va vositalar yig‘indisi bilan tavsiflanadi. 
Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta‘lim jarayonini 
loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi, chunonchi: 
Ta‘lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari: 
- ta‘lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik 
boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit)ning loyihada maqsadga 
muvofiq yoritilishi asosida ta‘minlanadi; 
- ta‘limning texnologik vositalari tahsil oluvchilarning individual hususiyatlariga 
bog‘liq holda tanlanadi; 
- loyihalash strategiyalari o‘qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi
- loyihalash sifati teskari aloqa (o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasidagi) ko‘lami, 
loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga bog‘liq. 
Ta‘lim jarayoniga texnologik yondashuv quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi: 


46 
1. Texnologik jarayon – faoliyat modellari ko‘rinishida ifodalangan ta‘lim 
mazmunining tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirish jarayoni. 
2. Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalar – ta‘lim 
berish, tarbiyalash va rivojlantirishni ta‘minlovchi ma‘naviy va moddiy vositalar. 
3. Texnologik jarayonni boshqarish – o‘qituvchi faoliyatini tahsil oluvchi 
faoliyatining aniq modellariga muvofiq amalga oshirish. 
4. Axborot ta‘minoti – ta‘lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid 
me‘yoriy hujjatlar to‘plami va ta‘lim jarayonining loyihasi. 
5. Texnologik ijtimoiy-iqtisodiy ta‘minot – barcha ta‘lim muassasalari faoliyatini 
tashkil etish, ta‘lim jarayonining sifatini nazorat qilish, ta‘lim xizmatini asoslash 
hamda qulay ma‘naviy-psixologik iqlimni yaratish. 
Ushbu tarkibiy qismlarning dastlabki to‘rttasi o‘qituvchi faoliyati va uning 
boshqaruvi, beshinchisi esa bevosita o‘qituvchi va maktab ma‘muriyati boshqaruvini 
ifodalaydi. 
Ta‘lim jarayonini loyihalash doirasida tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish 
muhim o‘rin tutadi. Shu bois nazorat jarayonini loyihalash ham o‘qituvchidan alohida 
malakali yondashuvni talab etadi. 
Nazorat jarayonini loyihalash – o‘qituvchi faoliyatining ko‘rinishlaridan biri 
hamda ta‘lim jarayoni texnologik tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, samarali 
(kutilgan) natijani ta‘minlovchi metod va vositalar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Loyihalash pedagogik faoliyatning murakkab ko‘rinishi bo‘lib, uni amalga 
oshirishda ta‘lim jarayonining muhim qonuniyatlari inobatga olinishi zarur. 
Chunonchi: 
- ta‘lim sohasining jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishi; 
- tahsil oluvchilar faoliyati tafsifining ta‘lim natijalariga bog‘liqligi; 
- tahsil oluvchilarning yosh va individual xususiyatlari bilan o‘zaro muvofiq 
kelishi; 
- ta‘lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining ta‘lim jarayoni 
samaradorligini ta‘minlashga yo‘naltirilishi va h. k.larni inobatga olish zarur. 
Uzluksiz ta‘lim tizimining barcha turlarida ta‘lim jarayonini loyihalashda bir qator 
tamoyillarga tayaniladi. Ayni o‘rinda, dastlab, “tamoyil” tushunchasining mohiyatini 
anglab olish zarur. 
Tamoyil (lot. Prinrium – boshlang‘ich, asos) – muayyan nazariya, fan, 
dunyoqarash, ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hokazolarning asosiy boshlang‘ich holati 
ma‘nosini anglatadi. Bu tushuncha, shuningdek, ma‘lum faoliyatning yetakchi 
g‘oyalari, asosiy qoidalari sifatida ham keng qo‘llaniladi. 
Ta‘lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondashuv, faoliyat tuzilmalaini 
aniqlovchi me‘yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash 
tamoyillari nafaqat me‘yoriy, balki tavfisiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini 
ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tafsiflanadi. 
Ta‘lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi 
aloqalar ham modellashtiriladi. 
Tizimlilik tizimlashtiriluvchi elementlarni ajratish va ular orasidagi aloqalarni 
ifodalash orqali ta‘lim jarayonini yaxlit holda loyihalashga xizmat qiladi. 


47 
Ta‘lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy 
asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llashga zamin 
tayyorlaydi. 
Ta‘lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda tahsil oluvchilar faoliyati 
modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta‘lim jarayoni 
tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta‘lim mazmuni va tahsil oluvchi faoliyati 
texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini tahsil oluvchilarning ijtimoiy tajriba 
asoslarini o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o‘quv 
fani bo‘yicha ta‘lim mazmuni umumiy ta‘lim maqsadi va vazifalariga muvofiq 
belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta‘lim mazmunini 
tashkil etuvchi har bir element sub‘ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi 
kerak. Sub‘ekt faoliyatining turlari, o‘z navbatida, aniq modellar yig‘indisi sifatida 
umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. 
Tahsil oluvchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo‘lib, tahsil 
oluvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. 
Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab 
etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni tahsil 
oluvchilar tomonidan o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik 
operatsiyalar), o‘quv faoliyatini boshqarish usullari (o‘qituvchi faoliyati)ni asoslash. 
2. Refleksivlik tamoyili sub‘ektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho 
berishi, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid 
munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o‘qituvchiga doimo ta‘lim jarayoni, 
uning aniq va ideal sharoitlari, tahsil oluvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni 
to‘ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali 
tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili 
yaratiladigan ta‘lim jarayonining loyihasini ta‘lim jarayoni ishtirokchisi – sub‘ektning 
ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to‘ldirib borishni 
talab etadi. 
3. Natijaviylik tamoyili – pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va 
kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik – ijtimoiy 
tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o‘zlashtirish, 
boshqarish uslublarini tanlash, o‘quv faoliyatining muvofiqligi, ta‘lim-tarbiya 
vositalari, texnologik jarayonda sub‘ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida 
belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim. 
4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta‘lim jarayoni bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv 
omillar ta‘sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, ta‘lim muassasalari atrofdagi ijtimoiy ishlab 
chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy ba‘zasi, 
o‘qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta‘lim muassasasi yoki ma‘lum sinfdagi 
ma‘naviy psixologik muhit, tahsil oluvchilarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning 
intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta‘lim jarayonini 
loyihalashda o‘qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur. 
5. Tahsil oluvchi shaxsini ta‘lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola 
maktab ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lami (o‘z-o‘ziga 


48 
xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini 
egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun ta‘lim 
jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda ta‘lim mazmuni va boshqa faliyat 
modellari hisobga olinishi, ularni tahsil oluvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab 
borishi ta‘minlanishi zarur. 
6. Ta‘lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy 
jarayonlar mohiyatini bilish ta‘lim jarayonini samarali, tahsil oluvchilarning yosh 
xususiyatlari, rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tish 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning 
mazmuni ta‘limni ijtimoiylashtirish, tahsil oluvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning 
individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi. 
O‘qituvchi faoliyatini tashkil etishda e‘tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va 
jarayonlarining o‘zaro muvofiq bo‘lishiga qaratiladi. Bu holat me‘yoriy talab sifatida 
qabul qilinadi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim tahsil oluvchiga o‘quv materialining mazmunini, 
vazifa yoki topshiriqlarni, faoliyat usullari hamda uslublarini tanlash imtiyozini beradi. 
Tanlash imkoniyati tahsil oluvchini qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va 
javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o‘quv faoliyatining muqobil modellarini 
ishlab chiqish va ularni tahsil oluvchiga taklif etish maqsadga muvofiq. 
O‘qituvchining vazifalaridan biri o‘quv maqsadiga muvofiq tahsil oluvchining 
ichki intilishi, rag‘bati (motivi)ni rivojlantirishdir. 
Loyihalashda tahsil oluvchini o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil 
ta‘lim shakli, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash 
zarur. 
Ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan barcha vositalar o‘zaro bog‘liq moddiy (darslik, 
o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali hamda namoyishli vositalar, labaratoriya jihozlari va 
h.k.lar) va ma‘naviy (teskari aloqa, o‘qituvchi yoki tahsil oluvchi namunasi, hatti-
harakatlari, nutqi va boshqalar) kabi guruhlarga ajratiladi. 
Ta‘lim jarayonida o‘qituvchi loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, 
ya‘ni, kasbiy mahorati, motivatsiya, pedagogik qbiliyat, xarakter, temperament, ruhiy 
holati, o‘z-o‘zini anglashi va hokazolar namoyon bo‘ladi. 
Ta‘lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani 
amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi. 
Axborot ta‘minotini loyihalash tamoyillari ta‘lim jarayoni loyihasida axborot 
ta‘minotini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari ham ahborot ta‘minotini tashkil 
etuvchi vositalardir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ta‘minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni 
ta‘minlashni anglatadi. Ta‘lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta‘lim 
menedjerining vazifasidir. Barcha ta‘lim muassasalari faoliyatini Loyihalashda ta‘lim 
jarayoni ishtirokchilari, jamiyat hamda davlat (ijtimoiy buyurtma)ning ehtiyoj va 
imkoniyatlarini hisobga olish, ularni to‘ldirishi zarur. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling