Fan va texnalogiyalar universitetyi ona tili amaliyoti va nazariyasi fanidan
Download 1.05 Mb.
|
Ashirova 138
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishiklar taraqqiyoti.
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
FAN VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETYI Ona tili amaliyoti va nazariyasi fanidanMAVZU: O’zbek tilida kelishiklar tizimi1-KURS 138-GURUH TALABASIAshirova Yorqinoy ShermamatovnaReja:
Kelishiklar taraqqiyoti.
Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funkцiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzїlїna xud yetә bilmәs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alїb olturubturlar (Furqat). SHu bilan birga, bosh kelishikdagi so‘z kesim va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida ham keladi.Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi ko‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo‘shila beradiMazkur qo‘shimcha har qanday negizlarga qo‘shila beradi: qoychїnїң iti (Tafsir). Elchiniң shahdlїq zahrї shi:shәsi... (Xamsa). Bu qo‘shimcha XV asrgacha bo‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo‘lmagan negizlarga qo‘shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qo‘shilgan.Tushum kelishigi. o‘zbek adabiy tilida tushum kelishigi –nї \\-ni \\ -n \\-ї \\-i variantlariga ega bo‘lgan.-nї\\-ni. Bu affiks o‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo‘llanib kelgan: Yolnї berkitәyin, qamug’nї qutqarayїn (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qo‘shimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qїrg’avulnї үskүnәsini tөrt kishi yeb tugata almaydurJo‘nalish kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi eski o‘zbek tilida –qa\\-g’a \\- kә \\ -gә, –a\\-ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. SHu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan –g’aru\\ -gәrү \\ -qaru \\ -kәrү, -ra \\ -rә, -ru \\-rү qo‘shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.-g’a\\–g’gә varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi, –qa qo‘shimchasi jarangsiz undoshlar va g’,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qo‘shiladi: Eykim barї she’r ahlїg’a sen xān yaңlїg’ \\ SHe’riң bHarї she’rlәrgә sultān yaңlїg’ (Bobir). Lāla qadahїna tashqa urduң \\ Jāla gүhhәrini bashqa urduң (Xamsa).O‘rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi: -da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Qayg’uda za’if boldї (QR). Yүzүңdә nurї tajallї, labїңda javhari ruh (Lutfiy).-ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Bu ishtә ixtїyarїm yoq turur (Atoiy). Tanїmaqta mәgәr yanїlmїsh-sen (Navoiy).O‘rin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qo‘shila bergan.CHiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud: -dїn/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: CHarx qasrїdїn quyash har kүn tүshәr ālamarā (Navoiy). Andїjannїң nәshbәtisidin yaxshїraq nәshbәti bolmas (BN).-dan/-dәn//-tan/-tәn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakulьtativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chїqardїlar (QR).-tїn/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Sen bashtїn ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan so‘z negizlariga ham –dїn/-din affiksi qo‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga ham –tin \\ -tїn affiksining qo‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtїn Axsїg’a kelүr (Bobir).CHiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari so‘zning oxirgi bo‘g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo‘shiladi. Eski o‘zbek tilida bu affikslar faqat «O‘g’uznoma»da uchraydi: Qїrq kundun sөң, kөp toqushg’udun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk erdi.Til tarixi faktlari shuni ko‘rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo‘lib, uning o‘rnini ma’lum davrlarda o‘rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, eski o‘zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida o‘rin-payt kelishigi formasi qo‘llangan: Bashїnї uch yerdә yardїlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqїlsaңїz (QR).ETIBORINGIZ UCHUN RAXMATDownload 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling