O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet64/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Nazorat savollari:

  • Boshqarish jarayoni nima?


  • Boshqaruv vazifalari-yoki funksiyalarini ayting.


  • Maqsadlar nima?


  • Motivatsiya tushunchasiga izoh bering.


  • Kommunikatsiya tarmog‘i nima?


  • Kommunikatsiya tarmoqlaridan qaysi biri hukmronlikning eng katta markazlashuvi bilan ta’riflanadi?


  • Korxona faoliyatining biznes-rejasi o‘z ichiga qanday bo‘limlarni olishi kerak?


  • Boshqaruvda “axborot” va “kommunikatsiya”ning farqi nimadan iborat?


  • Qaror nima? Boshqaruv qarorlari qanday talablarga javob berishi kerak?


  • Boshqaruv qarorlari qanday unsurlarni o`z ichiga oladi?


  • Boshqaruv qarorlari tasnifini keltiring va ularning har biriga qisqacha izoh bering.


  • Yakkaboshchilik asosida qaror qabul qilish mumkinmi?


  • Qaror qabul qilishda «Ringi» usulining mohiyati nimada?


  • Tashkiliy qaror deganda nima tushuniladi?


  • Dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan qarorlar bir-biridan qanday farqlanadi?


  • Intuitiv hamda fikr-mulohazaga asoslangan qarorlarni qanday farqlash mumkin?


  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga qanday omillar ta`sir ko`rsatadi?


  • Model nima va ularning qanday asosiy ko`rinishlari mavjud?




5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH.
Reja:
5.1. Tashkilot va uning muhiti.
5.2. Menejmentning tashkiliy tuzilishi.
5.3. Strategik boshqaruv.
5.4. Boshqaruv samaradorligi.


5.1.Tashkilot va uning muhiti.
Biz menejmentni o`rganishni uning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tashkilot tushunchasini o`rganishdan boshlaymiz. Tashkilot degani nima va nima uchun tashkilotni boshqarish kerak?
Tashkilot – bu umumiy maqsadga ega bo`lgan odamlar guruhi. Tashkilot deb hisoblanishi uchun guruh quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • Guruhda hech bo`lmaganda o`zini guruh a`zosi deb hisoblaydigan kamida ikki kishining mavjudligi.


  • Guruhning hamma a`zolari uchun umumiy hisoblangan hech bo`lmaganda bir maqsadning (ko`zda tutilgan natija) mavjudligi.


  • Hamma uchun ahamiyatga ega bo`lgan maqsadga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a`zolarining borligi.


Bu fikrlarni birlashtirib, biz quyidagi muhim ta`rifga ega bo`lamiz:


Tashkilot – bu umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan odamlar guruhi.
Yuqoridagi ta`rif rasmiy tashkilotlar uchun to`g’ridir. Rasmiy tashkilotlardan tashqari norasmiy tashkilotlar ham mavjuddir. Ular o`z-o`zidan paydo bo`ladi. Norasmiy tashkilotlarhamma rasmiy tashkilotlar ichida bo`ladi va ularning rahbari bo`lmasa ham, katta ahamiyatga ega. Norasmiy tashkilotlar haqida keyingi mavzularda batafsilroq to`xtalib o`tamiz. Tashkilot deganda esa, faqat rasmiy tashkilot nazarda tutiladi.
Har qanday tashkilot guruhning barcha a`zolarini qiziqtiradigan hech bo`lmaganda bitta umumiy maqsadga ega bo`ladi. Murakkab tashkilotlar o`zaro uzviy bog’liq va bir-birini qo`llab-quvvatlovchi bir qancha maqsadga ega. Hamma murakkab tashkilotlar umumiy xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotni boshqarish zarurligini tushunishga yordam beradi
9- jadval

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling