1.2. Menejment nazariyalari, maktablari va ularning
rivojlanish bosqichlari.
Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanish.Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqaladi, Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda эsa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga эga эdi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat эtish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo эtilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni «qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash» bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Кapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XYIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi va boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida э’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillushuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
O`sha davrdan to bugungi kunga qadar boshqaruv ta`limotida quyidagi to`rtta yo`nalish evolyutsion tarzda rivojlangan va o`zining tegishli hissasini qo`shgan:
1.Ilmiy menejment maktabi.
2.Mumtoz yoki ma`muriy menejment
3.Insoniy munosabatlar maktabi
Do'stlaringiz bilan baham: |