O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet8/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Tamoyillar


Izoh

1.

Mehnat taqsimoti

Ixtisoslashuv natijasida ko`p miqdorda va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e`tibor qaratilishi lozim. Maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi.


2.

Vakolat va mas`uliyat

Vakolat – bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas`uliyat esa buning aksi. Qaerda vakolat berilgan bo`lsa, u erda mas`uliyat vujudga keladi.


3.

Intizom

Intizom rahbar bilan xodim o`rtasida o`zaro hur-matni, quloq solishni talab qiladi. Shartnomalarning so`zsiz bajarilishini taqozo etadi.


4.

Yakkaboshlik

Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.


5.

Yo`nalishning birxilligi

Yagona maqsad doirasida faoliyat ko`rsatayotgan har bir guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega bo`lishi lozim.


6.

Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo`ysundirish

Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid kelmasligi kerak.


7.

Xodimlarni taqdirlash

Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq to`lash lozim.


8.

Markazlashtirish

Hamma o`z o`rnida bo`lishi va o`z burchini ado etishi lozim.


9.

Boshqaruvdagi ierarxiya

Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga bo`ysunadi.


10.

Tartib

Hamma o`z o`rnida bo`lishi va burchini ado etishi lozim.


11.

Adolat

Tashkilotda adolatning hukm surishi - bu qonun ustuvorligi va rahmdillikning uyg’unlashuvi.


12.

Xodim uchun ish joyining doimiyligi

Yuqori darajadagi qo`nimsizlik tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi. O`z ish joyini mustah-kam egasi bo`lish harakatida bo`lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste`dodli rahbardan ming chandon afzal.


13.

Tashabbus

Tashabbus – bu tom ma`noda rejani ishlab chiqish va uning o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash.


14.

Korporativ ruh

Ittifoq – bu kuch. Uesaxodimlaro`rtasidagihamjihatlikningvamanfaatlarninghamohanglashuvinatijasibo`lishimumkin.


Uningilgarisurganquyidagiboshqaruvg’oyalaribugungikundahamo`zahamiyatiniyo`qotmagan. Anri Fayol boshqarishni:


Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.


Ilmiy menejment evolyutsiyasi uning paydo bo`lgan davridan boshlab to XX asr o`rtalarigacha, tabiiyki biz ko`rib chiqqan F.Teylor, Emerson yoki Fayollarning fikr-mulohazalari bilan cheklanmaydi.
“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:
  • rahbarning xodimga bo’ladigan munosabatlari alohidalashtirildi;


  • mehnatni rag’batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi;


  • mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi;


  • mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi;


  • yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat’iy o’rnatildi.


Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul Genri Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling