Boshqaruv xarajatlari:axborot olish va uni qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar; boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar; ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o`z ichiga oluvchi bosqichlar xarajati; mahsulotlardan foydalanish xarajatlaridan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bunga boshqaruvning barcha funktsiyalarini bajarish bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Boshqarish ob’yekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo`llaniladi:
Umumlashtiruvchi mezonlar:
Xususiy mezonlar:
Sifat mezonlari:
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
shartnomalarni muddatida bajarish;
xodimning barqarorligi;
raqobatbardosh texnologiyaga erishish va h.k.z.
Binobarin, boshqarish jarayoni samaradorligini oshirish berilgan mezonlar yoki mezonlar tizimiga muvofiq ravishda boshqaruvchi organ tomonidan muayyan natijaga erishish maqsadida aniq ob’yektni eng qulay, eng samarali boshqarish usullarini topishdan iboratdir.
Boshqarish sub’yekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo`llaniladi: boshqarish tizimidagi moliyaviy xarajatlarni tejash; boshqarish tizimida jonli va buyumlashgan mehnatni tejash;ayrim operatsiyalarni bajarishga va butun boshqaruv jarayoniga sarf bo`ladigan vaqt.
Qayd qilingan mezonlarning har biri mazkur davr uchun iqtisodiy siyosatda belgilangan maqsadlardan, korxona yoki tarmoqning aniq ish sharoitlari e`tiborga olingani holda boshqaruv faoliyatiga baho berish uchun tanlab olinishi kerak. Boshqaruv tizimining turli vazifalarini maqsadga muvofiqlashtirish uchun ham mezon tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |