O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet40/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Motivatsiya - o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo‘qmi undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilgan.
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, odamlar hamma vaqt ham ularga ko‘proq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar, ya’ni motivatsiya qilinayotgan harakatlarni pul mukofotlariga almashtirish bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondoshuvni asossizligini aniqlab bergan va motivatsiya ehtiyojlarning murakkab yig‘indisining natijasi ekanligini ko‘rsatgan.
Xodimlarni rag‘batlantirish uchun rahbarga ularning ehtiyojlarini aniqlash zarur, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin:
  • iqtisodiy motivatsiya usullari – mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi, qo‘shimcha ish haqi va boshqalar;


  • ijtimoiy motivatsiya usullari – ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k.;


  • psixologik motivatsiya usullari – shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlik, keraksizlik va boshqalar;


  • hukmronlik motivatsiya usullari - lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar berish va boshqalar;


  • ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari – ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k.;


  • ma’naviy motivatsiya usullari - shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid;


  • motivatsiya va undovlarni o‘rganish sabablari – eksperimental usullar, xulqni va uning sabablarini boshqa tomondan baholash usullari, o‘rganish usullari (suhbat, so‘rov, anketa to‘ldirish) va boshqalar.


Motivatsiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun uni quyidagi shartlikning ma’lum darajasidagi oltita birining orqasidan biri keluvchi bosqichlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin:


  • ehtiyojning vujudga kelishi;


  • ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yo‘llarni qidirib topish;


  • harakatlarning maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash;


  • kerakli harakatlarni amalga oshirish;


  • amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish;


  • ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish.


Motivatsiya jarayoni hammadan avval motivatsiyaning mazmuniy nazariyalarini tushuntirib beradi. Ularda odamlarni harakat qilishga undovchi, ayniqsa, hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiyojlar aniqlanadi. Motivatsiyaning konsepsiyalarini ishlab chiqishda A.Maslou, F.Gersberg, D.Mak-Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan.


Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908-1970) nazariyasi bo‘yicha ehtiyojni qat’iy ierarxik tuzilma ko‘rinishida joylashtirish mumkin .U pastki bosqichlardagi ehtiyojlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda oldinroq ta’sir qiladilar deb hisoblaydi. Har bir aniq paytda odam o‘zi uchun muhimroq yoki kuchliroq bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirishga harakat qiladi. Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qanoatlantirilgandan keyin odamning xulqidagi qudratliroq omil bo‘ladi.
Asrimizning 40-yillarda motivatsiya nazariyasini yaratayotgan A.Maslou odamzotning ehtiyojlarini juda ham turli xil deb ta’kidlagan, ammo bu ehtiyojlarni 5 asosiy kategoriyasiga ajratgan.
1. Fiziologik ehtiyojlar – bu yashab kolish uchun kerak bo‘lgan ehtiyojlar.
2. Xavfsizlikka va ertangi kunga bo‘lgan ishonch ehtiyoji.
3. Ijtimoiy ehtiyoj yoki boshqacha uni kimlargadir yoki nimalargadir tegishlilik hissi.
4. Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj.
5. O‘z-o‘zini namoyon qilish ehtiyoji.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling