O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Modellashtirish va boshqaruv modellari


Download 0.6 Mb.
bet59/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Modellashtirish va boshqaruv modellari.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarilishini amalga oshirish uchun samarali qaror qabul qilish lozim. Shuning uchun qaror qabul qilish jarayoni boshqarish nazariyasining markaziy masalalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Qaror qabul qilishni modellashtirish borasida ko`p ishlar amalga oshirilgan.
Model – bu biron bir fikr (g’oya) yoki tizim va ob’yektni biron bir shaklda namoyon etish. Masalan, tashkilot sxemasi, uning strukturasi model hisoblanadi va uning tuzilishini ko`rsatadi.
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir. Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo`lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos bo`ladi.
Modelning asosiy xarakteristikasi bu qo`llanadigan hayotiy holatni tushunishni engillashtirish. Model rahbarga o`z tajribasini oshirishga yordam beradi. Hamma boshqaruv maktablariday real dunyo tashkiliy muammolarini yechishda boshqaruv fani ham intiladi.
Modellar uch turga bo`linadi:
    1. Fizik model.


    2. Analogli model.


    3. Matematik model.




Fizik model–tadqiq etilayotgan ob’yekt yoki tizimni kattalashtirilgan yoki kichraytirilgan ifoda yordamida ko`rsatadi. Misol, chizmaning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan masshtabdagi ifodasi.
Analogli model – tadqiq etilayotgan modelning tushunarli va o`xshash shakldagi ifodasi. Masalan, geografik xarita, grafik. Analogli modelning boshqa misoli - bu tashkiliy sxema - bu sxemani yasashda rahbar faoliyat va individlar o`rtasidagi bog’liqlikni zanjirsimon sifatida ko`ra oladi.
Matematik modeldaob’yekt yoki hodisaning xususiyatini ifodalash uchun simvollar qo`llaniladi. Masalan, mahsulot hajmi va xarajatlarining o`zaro bog’liqligini model yordamida ifodalash mumkin.
C=PV (0,1)=2500
Bunda: C - xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga (PV) ko`paytirilgan 0,1=2500.
Modelni yasash boshqarish singari jarayondir. Bu jarayonning asosiy bosqichlari quyidagilar:
    1. Masalaning qo`yilishi.


    2. Modelni yasash.


    3. Modelning to`g’riligini tekshirish.


    4. Modelni qo`llash va yangilash.




Masalaning qo`yilishi. Boshqaruv muammosining to`g’ri hal etilishini ta`minlaydigan modellarni qurishning birlamchi va eng muhim bosqichi, masalani qo`yishdan iborat.
Modelni yasash. Masalani qo`ygandan keyingi bosqich modelni yasash. Model tuzuvchi modelning bosh maqsadini, modeldan foydalangan holda rahbariyatga uning oldida turgan muammoni yechishdа yordam beradigan qanday natijaviy normativ va axborotlar olish mumkinligini aniqlashi kerak.
Modelning to`g’riligini tekshirish. Model tuzgandan keyin uning ishonchliligini tekshirish lozim. Tekshirish jihatlaridan biri modelning real hayotga moslik darajasini aniqlashdir, ya`ni real vaziyatning hamma moddiy komponentlari modelda kiritilganmi. Modelni o`tmishdagi holatlarga tekshirish talab qilinadi.
Modelni qo`llash va yangilash. Modelning ishonchlilikka tekshirishdan keyin uni qo`llaydilar. Boshqaruv ilmining faqatgina 60 %ga yaqin modellari to`la yoki qisman qo`llanilgan. Ko`pgina rahbarlar ulardan chetlanib yurishadi yoki ularni tushunishmaydi. Bunday rahbarlarga modelni qo`llashni o`rgatish kerak bo`ladi. Modelni ishlatishdan so`ng uni har doim albatta yangilab turish kerak. Hatto agar model muvaffaqiyatli chiqsa ham doimo yangilanib turilishi lozim.
Modellarning samaradorligini turli qiyinchiliklar va potentsial cheklanishlar oqibatida pasaytirilishi mumkin. Ular: noto`g’ri dastlabki farazlar, axborotlarning cheklanganligi, foydalanuvchilarning qo`rquvi, amalda sust qo`llanilishi, haddan ziyod bo`lgan qiymat.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling