O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
Noto`g’ri dastlabki farazlar. Har qanday model ba`zi bir farazlarga yoki dastlabki shartlarga asoslanadi. Ba`zi dastlabki shartlarni baholab bo`lmaydi va ob’yektiv tekshirilishi mumkin emas. Shuning uchun ko`p hollarda modellarni prognozlashtirish uchun qo`llab bo`lmaydi.
Axborotning cheklanganligi. Dastlabki shartlar noto`g’riligining asosiy sababi - kerakli axborotni olish imkoniyatining chegaralanganligi. Bu axborot modelni tuzish va uni qo`llashga ta`sir etadi. Modelning aniqligi muammo bo`yicha axborotning aniqligi bilan belgilanadi. Foydalanuvchilarning qo`rquvi. Agar modeldan foydalanilmasa, bu modelni samarali deb bo`lmaydi. Modellardan foydalanmaslikning asosiy sababi - model taklif qilingan rahbarlarning modellar yordamida olingan natijalarning tushunmasliklari tufayli ularni qo`llashdan qo`rqishlari. Amalda sust qo`llanilishi. Bu erda asosiy sabab - bilimlarning etishmasligi va o`zgarishlarga qarshilik ko`rsatish. Bunday vaziyatda modelni ishlab chiqishda foydalanuvchilarning o`zlarini jalb qilish kerak bo`ladi, shunda qo`rquv sustlashadi. AQShdagi «Forchun» jurnali tomonidan 500 ta firma vitse-prezidentlarning so`rovi shuni tasdiqladiki, fan modellarini qo`llashda vitse-prezidenт boshqaruvida asosiy to`siq shu sohada ularning bilimlari to`liq bo`lmaganligi hisoblanadi. Haddan ziyod bo`lgan qiymat. Ko`pgina tadqiqotlarga ko`ra, boshqaruv fani doirasidagi modellarni qo`llash darajasi modellashtirish uslublarining darajasidan yuqori. Modelni ishlatishdan kelgan foyda uning qiymatini ortig’i bilan qoplashi kerak. Rahbariyat model ishlatish xarajatini aniqlashda modelning qo`llashdagi va axborotni to`plashdagi yuqori va past darajasini, xarajat va o`qishga ketgan vaqt, qayta ishlab chiqarish bahosi va axborot saqlashni hisobga olishi kerak. Boshqaruv modellari. Boshqarish fanida mavjud bo`ladigan aniq modellarning soni shunday ko`pki, ular muammolarni yechish uchun qo`llanadigan alohida modellar soniga teng. Quyida ba`zi bir keng tarqalgan modellarning tiplarini ko`rib o`tamiz. O`yinlar nazariyasi. Tashkilot muvaffaqiyati juda bog’liq bo`lgan muhim bir omillardan biri raqobatbardoshlik hisoblanadi. Darhaqiqat, raqobatchining harakatlarini bashoratlash qobiliyati har qaysi tashkilot uchun qulay vaziyat hisoblanadi. O`yinlar nazariyasi – qabul qilingan qarorning raqobatchilarga ta`sirini baholash modelidir. Biznesda o`yin modellari raqobatchilarning narx o`zgarishlariga, qo`shimcha tovar va xizmat ishlab chiqarishga, yangi mahsulotni o`zlashtirishga bo`lgan reaktsiyasini bashorat qilish uchun qo`llaniladi. Hozirgi davrda o`yinlar nazariyasi unchalik ham ko`p qo`llanilmaydi, chunki real hayotning holatlari juda murakkab va tez o`zgaruvchandir va bu firma taktikasining o`zgarishiga raqobatchilar qanday harakat qilishlarini aniq bashorat qilishga yo`l qo`ymaydi. Navbatlar nazariyasi modeli yoki optimal xizmat ko`rsatish modeli. Bu model iste`molga nisbatan optimal xizmat ko`rsatish kanallari sonini aniqlash uchun qo`llaniladi. Masalan, odamlarning aviakompaniyaga samolyot uchun chipta buyurishi va axborot olish to`g’risidagi qo`nqiroqlari, omborda yukni tushirishni kutib turgan yuk mashinalari, bekatda navbat kutib turgan yo`lovchilar buning yorqin misolidir. Agar mijoz ko`p kutib turishiga to`g’ri kelsa, unda ular boshqa kompaniyaga murojaat qilishlari mumkin. Shunday qilib, printsipial muammo shundan iboratki, qo`shimcha xizmat qilish kanallari xarajatlarni va mijozlar boshqa kompaniyaga o`tib ketganda olinadigan zararlarni tenglashtirish. Zaxiralarni boshqarish modeli. Bu model resurslarga buyurtmalarni joylashtirish vaqti va ularning miqdorini aniqlash uchun hamda ombordagi tayyor mahsulot hajmini optimallashtirish uchun qo`llaniladi. Har qanday tashkilot ishlab chiqarishni uzluksiz ta`minlashi uchun ma`lum miqdorda resurslar zaxirasini saqlashi kerak. Bu modelning maqsadi – jamlanib qolgan zaxiralarning xarajatlarda ifodalanadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish. Bu xarajatlar uch asosiy ko`rinishda bo`ladi: Buyurtmani joylashtirish. Saqlash. Zaxiralarning yetarli bo`lmagan darajasi bilan bog’liq bo`lgan xarajatlar. Bu muammoni yechish bo`yicha bir qancha modellar ishlab chiqilgan. Chiziqli dasturlashtirilgan model.Bu model raqobatchilik ehtiyojlari mavjud bo`lgan holda taqchil resurslarni taqsimlashda optimal usulni aniqlash uchun qo`llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish odatda ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklarni yechish uchun shtabli bo`linmalardagi mutaxasssislar tomonidan qo`llaniladi. Masalan, bunday modellarga optimal ishlab chiqarish assortimentini aniqlash, texnologik jarayonni boshqarish, zaxiralarni boshqarish, ishchilarni taqsimlash, transport masalalari kabilar kiradi. Immitatsion model. Yuqorida ko`rsatilgan hamma modellar immitatsion modellar hisoblanadi, chunki ularning hammasi reallikni aks ettiradi. Shunga qaramasdan, modellashtirishning uslubi sifatida, immitatsiyareal holatning o`zgarishlarini aniqlash uchun model yaratish va uni eksperimental qo`llash jarayonini bildiradi. Masalan, ishlab chiqarish bo`yicha mutaxassislar va moliyachilar, ishlab chiqarish faoliyati o`sishi, yangi texnologiya yoki ishchilar tarkibini o`zgartirish natijasida qo`shimcha foyda olish immitatsion modellarini tuzishi mumkin. Marketing bo`yicha mutaxassis narx o`zgarishi natijasida yoki reklama asosida mahsulot sotish hajmining o`sishini immitatsiya qilishi mumkin. Iqtisodiy tahlil modeli. Bu model xarajatlarni va iqtisodiy foydani hamda korxonalar faoliyati rentabelligini baholashning hamma uslublarini o`z ichiga oladi. Oddiy iqtisodiy model zararsizlik nuqtasini aniqlashga asoslangan, ya`ni umumiy daromad jami xarajatlar bilan tenglashadigan, korxona foyda olishni boshlaydigan nuqtani aniqlashdagi qaror qabul qilish uslubi. Zararsizlik nuqtasi (break-even point - BEP) shunday holatni ko`rsatadiki, unda umumiy daromad (total revenue - TR) umumiy xarajatlarga (total costs - TC) teng bo`lib qoladi. Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulot birligi sotiladigan narxni, bir birlik mahsulot o`zgaruvchan va doimiy xarajatlarini hisobga olish kerak: Bunda: TFC - doimiy xarajatlar; R - mahsulot birligi narxi; VC - o`zgaruvchan xarajatlar. Narx (price - P) firma har bir birlik tovar va xizmatlarni sotishdan qanchalik daromad olishini ko`rsatadi. Bir birlik mahsulot o`zgaruvchan xarajatlari (variable cost - VC) - bu har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga to`g’ri bog’liq bo`lgan amaldagi xarajatlar. Jami doimiy xarajatlar (total fixed cost - TFC) bu boshqaruv apparatiga ketgan xarajatlar, tsex xarajatlari va h.k.z. Zararsizlik nuqtasini tahlil qilish firma uchun ko`proq qulay bo`lgan muqobil yo`llarni tanlash imkonini beradi. Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo`linadi, omillar aniqlanadi; tanlab olingan omillarning o`zaro aloqasi aniqlanadi va o`zaro ta`siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi; tadbirlar majmui ishlab chiqiladi; qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo`llari aniqlanadi. Modellashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling