O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet69/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Ta’minotchilar. Tashkilotning materiallar, jihozlar, energiya, kapital va ish kuchi bilan ta’minlaydigan boshqa tashkilotlar bilan bog‘liqligi, muhitning tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati va operatsiyalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi misolidir. Boshqa davlatlardan resurslar sotib olish narx, sifat va miqdor jihatidan qulay bo‘lishi mumkin, lekin shuning bilan bir vaqtning o‘zida almashish kurslari o‘zgarishi yoki siyosiy notinchlik kabilar xavf solib turadi.
Qonunlar va davlat muassasalari. Ko‘p qonunlar va davlat muassasalari tashkilotga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilotlar davlat chiqargan qonunlarga bo‘ysunadi va ular asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Bundan tashqari tashkilotlar davlat boshqarish organlari talablarini ham bajarishi shart.
Iste’molchilar. Tashkilotning amalda yashab qolishi uning faoliyati natijalari iste’molchilarini topish va ularning ehtiyojini qondirishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Iste’molchilar, ular uchun qanday tovar va xizmatlar va qanday narxda kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilib, tashkilot uchun uning faoliyati natijalariga taalluqli bo‘lgan hamma narsani aniqlab beradi. Iste’molchilar ehtiyojini qondirish zarurligi tashkilot ta’minotchilari bilan o‘zaro bog‘liqlikda ta’sir ko‘rsatadi.
Raqobatchilar. Tashqi muhitning bu ta’sirini rad etish mumkin emas. Tashkilot rahbariyati aniq biladiki, agar boshqa raqobatchilar kabi iste’molchilar ehtiyojini samarali qondirmasa, uzoq faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ko‘p hollarda iste’molchilar emas, aynan raqobatchilar qanday mahsulotlar sotish va qanday narx belgilashni aniqlab beradilar.
Texnologiya. Texnologiya – ham ichki omil, ham tashqi omil hisoblanadi. Texnologik yangiliklar mahsulot, ish va xizmatlarning tayyorlanishi, sotilishi, eskirishi darajasi hamda o‘xshash mahsulotlar haqida axborotlarning to‘planishi, saqlanishi, tarqatilishi bilan bog‘liq masalalarga ko‘proq ta’sir etadi. Tashkilotlar raqobatchilaridan o’zib ketishi yoki hech bo‘lmaganda ular bilan bir qatorda bo‘lish uchun, faoliyati natijalari samaradorligiga bog‘liq bo‘lgan yangiliklar qo‘llashi kerak.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling