O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet66/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Tashqi muhitdan bog’liqlik. Tashkilotning muhim xususiyatlaridan biri uning tashqi muhit bilan o`zaro bog’liqligidir. Tashkilot ham resurslar sotib olishda, ham iste`molchilar bilan munosabatda tashqi muhitdan to`la bog’liq bo`ladi. Tashqi muhit termini iqtisodiy sharoitlar, iste`molchilar, kasaba uyushmasi, hukumat qonunlari, raqobatchi tashkilotlar, texnika, texnologiya va boshqalarni o`z ichiga
oladi. Bu o`zaro bog’liq omillar tashkilot ichidagi hamma ishlarga ta`sir etadi.
Rahbariyat doimo tashqi muhit omillarini inobatga olishi lozim.
Gorizontal mehnat taqsimoti. Tashkilotning muhim xususiyatlaridan biri mehnat taqsimoti hisoblanadi. Hech bo`lmaganda, bir maqsadga erishish uchun ikki kishi birga ishlasa ham, ular ishni o`zaro bo`lib olishlari kerak. Barcha ishni tarkibiy komponentlarga taqsimlash odatda gorizontal mehnat taqsimoti deb yuritiladi. Katta ish hajmini ko`p sonli kichik ixtisoslashtirilgan topshiriqlarga bo`lish orqali, shu ishni har bir ishchi mustaqil bajarishiga nisbatan bir necha baravar ko`p mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo`ladi.
Bo`linmalar. Murakkab tashkilotlar o`ziga xos aniq vazifalarni bajaradigan va aniq maxsus maqsadlarga erishadigan bo`linmalarning shakllanishi hisobiga aniq gorizontal mehnat taqsimotini amalga oshiradi. Bunday bo`linmalar odatda bo`lim yoki xizmat deb yuritiladi. “MakDonalds” korporatsiyasi tashkilotning har bir asosiy funktsiyasi uchun maxsus bo`linmalarga ega, bu bo`linmalar – marketing, sotish, sotib olish, ko`chmas mulk bo`limlari va h.k.z. “MakDonalds”dagi yoki boshqa tashkilotlardagi bu bo`linmalar o`zining xususiy, kichik va aniq bo`linmalariga ega.
Vertikal mehnat taqsimoti. Tashkilotda ish tarkibiy qismlarga bo`linishi sababli, kimdir bu ishni uning muvaffaqiyatli bo`lishi uchun muvofiqlashtirishi kerak. Shunday qilib, tashkilotda ikki turdagi mehnat taqsimoti mavjud. Birinchisi – umumiy faoliyat qismlarini tashkil etuvchi komponentlarga mehnat taqsimoti, ya`ni gorizontal mehnat taqsimoti. Ikkinchisi, vertikal mehnat taqsimoti deb nomlanib, harakatni muvofiqlashtirish bo`yicha ishning o`zini bajarishdan ajralishini ko`rsatadi. Boshqa kishilar ishini muvofiqlashtirish bo`yicha faoliyat boshqarish hisoblanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling