Menejment psixologik jihatdan boy boshqaruv tizimidir, uning asosiy vazifalari psixologiya bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun, ushbu funktsiyalarni samarali amalga oshirish uchun menejer boshqaruv ko'nikmalarining psixologik tarkibiy qismlarini o'zlashtirishi kerak: odamlar bilan munosabatda bo'lish, tinglovchilar bilan gaplashish, ishontirish va h.k.z.
Mumtozma`muriyboshqaruvmaktabiningasoschilari: Yirikbiznessohasidamashhur, boshqaruvningyuqoribo`g’inidaesayuksaktajribaliamaliyotchи rahbarlarbo`lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo`lgan. Shunday maqsad qo`yilgan bo`lsa-da, ular boshqaruvning ijtimoiy jihatlariga unchalik e`tibor berishmagan, ustiga - ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo`lmagan.
«Mumtoz»chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai-nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e`tibor qaratishgan:
Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo`linmalar yoki ishchi guruhlarga bo`lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan.
Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo`lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo`ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.
Ilmiy menejmentning Evropa yo`nalishidagi ta`limning XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi Anri Fayol(1841-1925 y.)hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan frantsuz olimdir. U Frantsiyadagi ko`mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o`zining boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) nomli kitobida umumlashtirgan.
Anri Fayolning boshqarish tamoyillari
Do'stlaringiz bilan baham: |