O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni II semestr
Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar ma
Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
MTTda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi. Bunda dasturlar mazmunida birlik o‘rnatishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e'tiborga olinishi kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar tashkil etadi. Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar tomonidan egallab olinishi, ya’ni bolalarda har xil sohalar bo‘yicha o‘zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy rivojlanishi uchun nihoyatda zarur bo‘lib, bularsiz ular hozirgi zamon boshlang‘ich sinf ta’limidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar. Maktabda esa o‘quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko'tariladi va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan bilimlarini nazariy jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy tushunchalarni shakllantirish maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga qo‘yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga kira boradi. MTT bilan maktab o‘rtasidagi izchillik ta’limning shakl va uslublarida ham o‘z aksini topadi. Ta’lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog‘chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o‘stirishdir. MTT va maktabning boshlang‘ich sinfida qo‘llaniladigan juda ko‘p usullar bir xil bo‘lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o‘qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarning murakkabroq shakllarini egallab olishlariga yordam beradi. Tarbiyachining mashg'ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday rahbarlik qilishi maktab va MTT o‘rtasidagi ta’lim usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars, MTTdagi mashg‘ulot bir muncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga ta’limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib turadi. Mashg‘ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta’limning ilmiy asoslangan metod va usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati elementlari, o‘z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan shug‘ullanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani 36 maktab ta’limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti ishidagi izchillikni amaliy ro‘yobga chiqarishning muhim shartlaridan biri tayyorlov guruh tarbiyachilari hamda 1-sinf o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatishdir. Bu aloqalarning ahamiyati keyingi yillarda Respublikamizda qabul qilingan ta’lim sohasidagi tub islohotlarda o‘z aksini topgan. Hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyati maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi, pedagoglar jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi. Hamkorlikning asosiy vazifasi - bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda yakdillikka erishish, bolani maktab ta'limiga tayyorlashning yuqori darajasini ta'minlash bo‘lib, bu keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o‘qishga olib keladi. Hamkorlikning mazmuni hamda shakllari shu vazifalardan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda hamkorlikdagi uch asosiy jihat: 1. Axborot - innovatsion, pedogagik. 2.Ilmiy - uslubiy. 3.Amaliy. I. Birinchi jihatda - o‘qituvchining tayyorlov guruh dastur talablarini chuqur bilishi, shu o‘rinda tayyorlov guruhi tarbiyachilarning ham 1-sinf dastur mazmuni bilan tanishishi mashg‘ulotda va dars jarayonida axborot, pedagogik va interfaol usullardan foydalanish darajasi, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda birlikka erishish muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan maktab aloqasining asosiy shakllari: - o‘qituvchi va tarbiyachilarning izchilligi; - pedagogik kengash, seminar va ochiq dars mashg‘ulotlarga qatnashishi; - o‘zaro fikr almashishi; - ta’lim sohasidagi yangiliklarni ish jarayoniga maqsadli qo‘llash. Ilmiy-uslubiy jihatdan hamkorlikda: - Ilg‘or ish tajribalar bilan o‘rtoqlashish; - 1-sinfda o‘tiladigan fanlar va mashg‘ulotlar o‘rtasidagi izchillikni ta’minlash; - Ta’limni ilmiylik prinsipida tashkil etish. - Ta’lim - tarbiyaviy jarayonlarni uslubiy jihatdan ta’minlashga erishish; Hamkorlikning amaliy jahati: - 1-sinf o‘qituvchisining bo‘lajak o‘quvchilari bilan oldindan tanishuvi; - Tarbiyachilarning 1-sinf o‘quvchilarining dars jarayonidagi ishtiroki va nazorati; - Mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari jarayonlarda bolalar faoliyatini kuzatish va suhbatlashish; - Tarbiyachi tomondan har bir bola uchun tavsifnoma tayyorlash. Bolalar maktabga kelgan dastlabki hafta - oy mobaynida tarbiyachilar bolalarni maktabga moslashuvini, fanlarni o‘zlashtirishga ulgura olishlarini kuzatishi, bolalarni xulq - atvor va faoliyatlarini kuzatadi, o‘quvchilar bilan suhbatlashadi, orqada qolayotgan 37 o‘quvchilarning o‘qishdagi kamchiliklari ularni bartaraf qilish choralarini o‘qituvchi bilan birgalikda hal etadi. Tarbiyachi o‘qituvchilarning hamkorlikdagi kengashlarida - bolalarni maktabga tayyorlashning aniq natijalari tahlil qilinadi, ishning kuchli va zaif tamonlari aniqlanadi, kamchiliklarni bartaraf qilishning aniq yo'llari belgilanadi. Hamkorlikning eng yaxshi tajribalari tuman, shahar va respublika anjumanlarida yoritiladi, amaliyotga joriy etiladi. Hamkorlikning muhim - Maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti aloqalarining davomiyligi; - Hamkorlikdagi ishlarning rejaliligi, muntazamliligi; - Muammolarning yaxlit dinamik jihatdan hal etilishiga rioya qilish. Hamkorlik asosini-birgalikdagi ishning istiqbolrejasitashkil etib, unda maqsad asosiy vazifalar aniq shakllantirilgan, turli yo‘nalishlarga doir mazmun aniqlangan, ishning aniq shakli, muddatlari, bajarilishi uchun mas’ul shaxslar ko‘rsatiladi. Bu esa amaliy hamkorlikning muvaffaqiyatiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkorlikdagi izchillikni ro'yobga chiqarishga doir har tomonlama mazmunli ishlarni yuqori darajasiga erishish bolalarni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlariga zamin hozirlaydi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling