O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni II semestr


-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana02.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1740321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar ma

3-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi 
Reja: 
1. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari 
2. Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim -tarbiyaviy jarayonning o‘rni va o‘ziga 
xos xususiyatlar 
3. Maktab ta'limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati 
4. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari 
5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari  
Tayanch so‘z va iboralar: maktabga tayyorlov guruh, ta’lim, tarbiya, 
hamkorlik, faoliyat, markazlar. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi 
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash konikmasi, kattalar 
hamda sinfdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. 
Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega 
ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga 
moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq 
hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni 
orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish 
ko'nikmasini shakllantirish ham muhimdir. «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha 
ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onaning 
mustaqil ravishda ta’lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan 
bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil 
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning 
maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida 
jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi 
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoki oilada maktab ta’limiga 
tayyorlash, uni murakkab bo‘lmagan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish 
kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan 
xalos bo'lishga yordam beradi.
 
Shunga binoan, MTT bilan maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan, 
bolalarni maktab ta’limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib 
va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o‘tkazishni, ikkinchi tomondan
o‘qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka 
sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quvtarbiyaviy jarayonda samarali 
foydalanishni taqozo etadi. MTT bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik katta 
maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 
ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish 
tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o‘tadi. 


33 
Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o‘z navbatida maktabda 
o‘qishning birinchi kunidan boshlab ta’lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi. 
Zero, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga 
qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni 
shunga muvofiq ravishda ta’lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTT o‘rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama 
tuzilishga ega. Unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, 
tashkiliy shakllari, shuningdek, bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik 
talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak: 
1. Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari 
lozim.
2. MTT nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, 
ko‘nikmalar bilan qurollantirish
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har 
qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat, bilishga qiziqishni o‘stirish, 
kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat. 
4. MTTda beriladigan ta’lim rivojlantiruvchi tarzda bo‘lishi kerak.
5. MTT bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa o‘rnatish, Uzviylik MTT va maktabda 
shaxsni har tomonlama shakllantirish bo‘yicha olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini 
izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTT Maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarda boshlang‘ich sinf ta’limi maqsad va vazifalariga mos keladigan 
sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalar egallagan xulqatvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan 
o‘zaro munosabat shakllari, axloqiy his-tuyg‘u va tasavvurlar maktabning 
boshlang‘ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ularning 


34 
ongini, his-tuyg‘ularini tarbiyalash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktab 
bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq-atvorda birlik bo‘lishini tarbiyalash, o‘z xatti-
harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoatchilik xislatlari, sifat 
jihatdan yangi bo‘lgan xulq-atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit 
yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o‘z vatani oldidagi burchini 
chuqur anglash kabi his-tuyg‘ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning 
MTTda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va 
shu kabi axloqiy hislari asosida shakllanadi. Maktabda bolalarni estetik tomondan 
tarbiyalash bo‘yicha izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida 
musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, marsh sadolari ostida 
yuradilar, o‘yinga tushadi san’at darsida esa o‘quvchilar chizmachilik va rasm 
solishni, naqqoshlik rangtasvir, manzarali-amaliy san’at natyurmortni, portretni 
birbiridan farqlashni o‘rganadilar. O‘qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan 
tanishtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada 
rivojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat ahliga ijobiy 
munosabat, mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda 
o‘rgatilib boriladi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi mehnat tarbiyasi bo‘yicha uzviy 
bog‘liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy 
foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini tashkil 
eta bilishga, axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat 
faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar 
bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo‘yicha izchillik asosida 
olib boriladi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda 
amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi. Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTT 
dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida bir qancha o‘zaro bog‘liqlarni 
ko‘ramiz. Bu, eng avvalo, dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi 
bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad 
va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, 
ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy 
nuqtayi nazarlarning birligida namoyon bo'Iadi. Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim 
predmetlar bo‘yicha MTT dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko‘pligini 
ko‘ramiz. Masalan, MTTda ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona tili 
darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib 
olinadi. MTTda bu ish bolalarning lug'atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz 
qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni shakllantirish orqali amalga 
oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTTda egallagan bilim, malaka, 
tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi 
shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir 


35 
qatorda MTTda boshlangan bolalar lugVatini boyitish, nutqning ifodaliligi, 
bog'langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi. 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling