O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni II semestr
-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
3-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi
Reja: 1. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari 2. Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim -tarbiyaviy jarayonning o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlar 3. Maktab ta'limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati 4. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari 5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari Tayanch so‘z va iboralar: maktabga tayyorlov guruh, ta’lim, tarbiya, hamkorlik, faoliyat, markazlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab hamkorligi Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash konikmasi, kattalar hamda sinfdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko'nikmasini shakllantirish ham muhimdir. «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta’lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, uni murakkab bo‘lmagan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo'lishga yordam beradi. Shunga binoan, MTT bilan maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta’limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o‘tkazishni, ikkinchi tomondan, o‘qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quvtarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi. MTT bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o‘tadi. 33 Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o‘z navbatida maktabda o‘qishning birinchi kunidan boshlab ta’lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi. Zero, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta’lim olishga tayyorlashlari kerak. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek, bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak: 1. Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim. 2. MTT nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish 3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat, bilishga qiziqishni o‘stirish, kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat. 4. MTTda beriladigan ta’lim rivojlantiruvchi tarzda bo‘lishi kerak. 5. MTT bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa o‘rnatish, Uzviylik MTT va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo‘yicha olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTT Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich sinf ta’limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallagan xulqatvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat shakllari, axloqiy his-tuyg‘u va tasavvurlar maktabning boshlang‘ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ularning 34 ongini, his-tuyg‘ularini tarbiyalash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq-atvorda birlik bo‘lishini tarbiyalash, o‘z xatti- harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoatchilik xislatlari, sifat jihatdan yangi bo‘lgan xulq-atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o‘z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi his-tuyg‘ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning MTTda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy hislari asosida shakllanadi. Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo‘yicha izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar, o‘yinga tushadi san’at darsida esa o‘quvchilar chizmachilik va rasm solishni, naqqoshlik rangtasvir, manzarali-amaliy san’at natyurmortni, portretni birbiridan farqlashni o‘rganadilar. O‘qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat ahliga ijobiy munosabat, mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda o‘rgatilib boriladi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi mehnat tarbiyasi bo‘yicha uzviy bog‘liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini tashkil eta bilishga, axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo‘yicha izchillik asosida olib boriladi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi. Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida bir qancha o‘zaro bog‘liqlarni ko‘ramiz. Bu, eng avvalo, dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtayi nazarlarning birligida namoyon bo'Iadi. Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha MTT dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz. Masalan, MTTda ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib olinadi. MTTda bu ish bolalarning lug'atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTTda egallagan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir 35 qatorda MTTda boshlangan bolalar lugVatini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog'langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling