O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni II semestr


Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana02.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1740321
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar ma

Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
MTTda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan 
muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu 
asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘liqlik 
to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi. Bunda dasturlar mazmunida birlik 
o‘rnatishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi 
bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e'tiborga olinishi kerak. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va 
tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim 
oddiy tushunchalar tashkil etadi. Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar 
tomonidan egallab olinishi, ya’ni bolalarda har xil sohalar bo‘yicha o‘zlashtirgan 
umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy rivojlanishi uchun 
nihoyatda zarur bo‘lib, bularsiz ular hozirgi zamon boshlang‘ich sinf ta’limidagi 
kerakli bilimlarni egallay olmaydilar. Maktabda esa o‘quvchilarning bilimi yangi 
bosqichga ko'tariladi va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan bilimlarini 
nazariy jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy tushunchalarni shakllantirish maktabda 
olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga qo‘yiladi. Maktabda bilimlar 
asosini egallash yanada aniqroq tusga kira boradi. MTT bilan maktab o‘rtasidagi 
izchillik ta’limning shakl va uslublarida ham o‘z aksini topadi. Ta’lim berish 
uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni 
ongli egallab olishlariga erishish, bog‘chada va maktabda ularning aqliy 
qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o‘stirishdir. MTT va maktabning boshlang‘ich 
sinfida qo‘llaniladigan juda ko‘p usullar bir xil bo‘lib, ular bolalarning aqliy, 
axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga ularning 
yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini 
oshirib, o‘qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarning 
murakkabroq shakllarini egallab olishlariga yordam beradi. Tarbiyachining 
mashg'ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday 
rahbarlik qilishi maktab va MTT o‘rtasidagi ta’lim usulidagi izchillikning asosini 
tashkil etadi. 
Maktabdagi dars, MTTdagi mashg‘ulot bir muncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega
shu bilan birga ta’limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib 
turadi. Mashg‘ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq 
belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta’limning ilmiy asoslangan 
metod va usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati 
elementlari, o‘z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma’lum maqsadga qaratilgan 
aqliy ish bilan shug‘ullanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani 


36 
maktab ta’limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi. Maktab va maktabgacha ta’lim 
tashkiloti ishidagi izchillikni amaliy ro‘yobga chiqarishning muhim shartlaridan biri 
tayyorlov guruh tarbiyachilari hamda 1-sinf o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni 
o‘rnatishdir. Bu aloqalarning ahamiyati keyingi yillarda Respublikamizda qabul 
qilingan ta’lim sohasidagi tub islohotlarda o‘z aksini topgan. Hozirgi davrning 
o‘ziga xos xususiyati maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab bilan ommaviy 
yaqinlashuvi, pedagoglar jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi. 
Hamkorlikning asosiy vazifasi - bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda yakdillikka 
erishish, bolani maktab ta'limiga tayyorlashning yuqori darajasini ta'minlash bo‘lib, 
bu keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o‘qishga olib keladi. Hamkorlikning 
mazmuni hamda shakllari shu vazifalardan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda 
hamkorlikdagi uch asosiy jihat:
1. Axborot - innovatsion, pedogagik.
2.Ilmiy - uslubiy.
3.Amaliy.
I. Birinchi jihatda - o‘qituvchining tayyorlov guruh dastur talablarini chuqur bilishi, 
shu o‘rinda tayyorlov guruhi tarbiyachilarning ham 1-sinf dastur mazmuni bilan 
tanishishi mashg‘ulotda va dars jarayonida axborot, pedagogik va interfaol 
usullardan foydalanish darajasi, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda birlikka 
erishish muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan maktab aloqasining asosiy 
shakllari: 
- o‘qituvchi va tarbiyachilarning izchilligi; 
- pedagogik kengash, seminar va ochiq dars mashg‘ulotlarga qatnashishi; 
- o‘zaro fikr almashishi;
- ta’lim sohasidagi yangiliklarni ish jarayoniga maqsadli qo‘llash.
Ilmiy-uslubiy jihatdan hamkorlikda:
- Ilg‘or ish tajribalar bilan o‘rtoqlashish;
- 1-sinfda o‘tiladigan fanlar va mashg‘ulotlar o‘rtasidagi izchillikni ta’minlash;
- Ta’limni ilmiylik prinsipida tashkil etish.
- Ta’lim - tarbiyaviy jarayonlarni uslubiy jihatdan ta’minlashga erishish;
Hamkorlikning amaliy jahati:
- 1-sinf o‘qituvchisining bo‘lajak o‘quvchilari bilan oldindan tanishuvi; - 
Tarbiyachilarning 1-sinf o‘quvchilarining dars jarayonidagi ishtiroki va nazorati; 
- Mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari jarayonlarda bolalar faoliyatini kuzatish va 
suhbatlashish;
- Tarbiyachi tomondan har bir bola uchun tavsifnoma tayyorlash. Bolalar maktabga 
kelgan dastlabki hafta - oy mobaynida tarbiyachilar bolalarni maktabga 
moslashuvini, fanlarni o‘zlashtirishga ulgura olishlarini kuzatishi, bolalarni xulq - 
atvor va faoliyatlarini kuzatadi, o‘quvchilar bilan suhbatlashadi, orqada qolayotgan 


37 
o‘quvchilarning o‘qishdagi kamchiliklari ularni bartaraf qilish choralarini o‘qituvchi 
bilan birgalikda hal etadi. Tarbiyachi o‘qituvchilarning hamkorlikdagi kengashlarida 
- bolalarni maktabga tayyorlashning aniq natijalari tahlil qilinadi, ishning kuchli va 
zaif tamonlari aniqlanadi, kamchiliklarni bartaraf qilishning aniq yo'llari belgilanadi. 
Hamkorlikning eng yaxshi tajribalari tuman, shahar va respublika anjumanlarida 
yoritiladi, amaliyotga joriy etiladi.
Hamkorlikning muhim
- Maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti aloqalarining davomiyligi; 
- Hamkorlikdagi ishlarning rejaliligi, muntazamliligi;
- Muammolarning yaxlit dinamik jihatdan hal etilishiga rioya qilish.
Hamkorlik asosini-birgalikdagi ishning istiqbolrejasitashkil etib, unda maqsad 
asosiy vazifalar aniq shakllantirilgan, turli yo‘nalishlarga doir mazmun aniqlangan, 
ishning aniq shakli, muddatlari, bajarilishi uchun mas’ul shaxslar ko‘rsatiladi. Bu 
esa amaliy hamkorlikning muvaffaqiyatiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib 
chiqib, hamkorlikdagi izchillikni ro'yobga chiqarishga doir har tomonlama 
mazmunli ishlarni yuqori darajasiga erishish bolalarni maktabda muvaffaqiyatli 
o‘qishlariga zamin hozirlaydi. 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling