O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni II semestr


-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana02.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1740321
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar ma

5-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi 
Reja: 
1. Bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlar qarashlari 
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishining 
mazmuni va usullari 
3. Tarbiyachining oilani borib ko‘rish 
4. MTTning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi, umumiy majlislar 


49 
Tayanch so‘z va iboralar: oila, maktab, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkiloti, 
tarbiya, ta’lim. 
Bola tarbiyasida oilaning orni haqida mutafakkirlar qarashlari 
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z 
ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim 
degan g‘oyani ilgari surgan edilar, Bu g‘oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen 
Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan 
asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surganlar. Ammo sharq 
mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak, degan 
xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar. 
Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va 
qo‘pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u 
sezgirlik bilan bo'lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go‘dakni 
nazoratsiz tutish ulug‘ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o‘rtasida 
adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn 
Faxriddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991).
Ma’lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o‘z ehtiyojlari, fikr va talablarini 
birmuncha aniq ifoda etadigan bo'lib qoladi. U ko‘ziga ko‘ringan, aqli yetgan 
narsalarni so‘ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy 
fazilatlarimizga muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo‘llarini 
bolalarga o‘rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari 
to‘g‘risida so‘zlab beradilar. Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk 
o‘zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va 
bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U 
manmanlik, maqtanchoqlik va o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi 
xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi. 
Uning fikricha, oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o‘rgatilishi 
kerak. Bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi.
Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi axloqli jismoniy sog‘lom qilib yetishtirishda 
ko‘pgina foydali usullarni ko‘rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna 
bo‘lish usuli g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligi qayta-qayta uqtirib o‘tgan. Ibn 
Sino oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy 
ahamiyatini uning quyidagi so‘zlaridan bilib olish mumkin. 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling