O’quv materiallari
PALATALARNING QO’SHMA MAJLISI
Download 1.11 Mb.
|
Ўзб. янги тарихи-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- PARLAMENT (deputatlar) FRAKTsIYaSI
- PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISH
- SAYLOV TIZIMI
PALATALARNING QO’SHMA MAJLISI – ikki palatali tuzilmaga ega bo’lgan parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda parlamentning qo’shma majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki safarbarlikni e’lon qilish, davlat byudjetini tasdiqlash, respublika Prezidentini saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat boshlig’i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o’tkaziladi.
PARLAMENT (deputatlar) FRAKTsIYaSI – parlament yoki uning palatasida bir partiyaga mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraktsiyasi tarkibiga partiyaning etakchilari va ko’zga ko’ringan arboblari kiradi. PARLAMENT SESSIYASI (lot. sessio - yig’ilish) – parlament (parlament palatalari) va parlament komissiyalarining yalpi majlisi bo’lib o’tadigan davr. Har bir yil mobaynida navbatdagi Parlament sessiyasining necha marta bo’lishi qonun yoki odat bo’yicha belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, yiliga kamida uch marta o’tkaziladi PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISH – parlamentar davlatlarda, shuningdek, aralash turdagi respublikalarda davlat hokimiyatini amalga oshirish konstitutsiyaviy mexanizmining asosiy elementlaridan biri. Parlamentni tarqatib yuborish (muddatidan oldin parlamentga saylovlarni e’lon qilish) huquqi davlat boshlig’iga tegishli (garchi bundan u, qoidaga ko’ra faqat hukumat “iltimosiga” binoan foydalansada) hamda u hukumatning parlament oldidagi javobgarligi tartibotiga (institutiga) qarshi qo’yiladigan tartib hisoblanadi. SAYLOV – demokratiyaning asosiy belgisi bo’lib, ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsini, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish bilan bog’liq jarayondir. Saylov tushunchasi ko’proq davlat hokimiyatining vakillik organlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saylashga nisbatan qo’llaniladi. SAYLOV TIZIMI – demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo’lib, fuqarolarning saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo’yiladigan organlarini shakllantirish tartib-tamoyillarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling