O’quv materiallari
Download 1.11 Mb.
|
Ўзб. янги тарихи-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT NAZORATI
- DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH
- YOPIQ AKTSIYaDORLIK JAMIYaTI
- INSON HUQUQLARI
DAVLAT QO’MITALARI – (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n yillikda ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob palatasi), ma’muriy yustitsiya organlarining soni va roli o’sdi. DAVLAT ORGANI – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo’lib, u davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarning muayyan konkret qismini, yo’nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetentsiyaga ega bo’ladi. DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir. DEPUTAT (lotincha deputatus – “vakil”) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma’lum qismi – o’z saylov organi saylovchilarning yoki butun millatning vakili. YOPIQ AKTSIYaDORLIK JAMIYaTI - aktsiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat. JAMOAT FONDI – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zoligi bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi. INSON HUQUQLARI – insonning davlatga munosabati bo’yicha huquqiy maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va da’volarini ifodalovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling