O’quv materiallari
GLOSSARIY AKTSIYADORLIK JAMIYATI -
Download 1.11 Mb.
|
Ўзб. янги тарихи-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHQARUV SHAKLI
- VAZIRLAR MAHKAMASI
3.GLOSSARIY
AKTSIYADORLIK JAMIYATI - ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi subekt. BANKLAR - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish. BOSHQARUV SHAKLI - bu huquqiy institut bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi. VAZIR (arab. yuk ko’taruvchi) – o’rta asrlarda O’rta va Yaqin Sharq davlatlarida, shu jumladan, O’rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshlig’i. Yuqori mansabdor shaxs. V. hukumat a’zosi hamda ma’lum bir vazirlikni boshqaruvchi yuqori mansabdor shaxsdir. VAZIRLAR MAHKAMASI – Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, Qozog’iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. O’zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo’lib, “O’zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonunga binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. VAZIRLIK – ko’pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, ijtimoiy-madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi. Yangi Vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash O’zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi – Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling