O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi
Download 0.68 Mb.
|
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy bayramlar.
Kumush, oltin va olmos to‘ylar. Hayotimiz farovonlashib borgani sari to‘ylarning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Er-xotinning 25 yil, 50 yil, 75 yil birga oilaviy hayot kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos to‘ylarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi. Xalqimizning yoshi kattalarni, ayniqsa, qariyalarni hurmat qilish kabi qadimiy an’analari hamda o‘zbek oilalarining mustahkamligi ana shunday yubiley to‘ylarini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Shuni alohida aytish joizki, bunday yubiley to‘ylarini, ayniqsa, olmos to‘yini nishonlash hammaga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun oltin to‘y kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin to‘yga qaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkil qilinishi kerak.
Azaldan mustahkam an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek oilalari hayotiga 60-yillardan boshlab oltin, kumush va olmos to‘ylari kirib keldi. 80-yillar oxirida esa “oila bayrami” degan yangi to‘y shakli paydo bo‘ldi. Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin-kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y egalari ham birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning turli shahar-qishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular oilalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Diniy bayramlar. Dunyodagi barcha dinlar o‘ziga xos bayramlarga ega. Har bir dinning rivojlanib borishida bayramlarning ahamiyati kattadir. Islom dinida ikki asosiy hayit “Qurbon hayiti”, “Ro‘za hayiti” ko‘p asrlardan buyon nishonlab kelinmoqda. Ro‘za hayiti. Ramazon – hijriy yil hisobining 9-oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Olloh Muhammad alayhis-salomga Qur’oni Karimni vahiy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida Ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Ramazon yakunida esa islomning katta bayramlaridan biri – Ro‘za hayiti boshlanadi. Qurbon hayiti. “qurbonlik” - “yaqinlik” ma’noni bildiradi. Shuningdek, qurbonlik Ollohning rahm-shafqatiga sazovor bo‘lish, unga minnatdorchilik bildirishni ifodalovchi marosimdir. Islom dini taraqqiy etgan sari Qurbon hayiti musulmonlar birlashadigan, hamdard bo‘ladigan kunga ham aylana borgan. Shuning uchun musulmonlarga farz bo‘lgan beshinchi rukn – hajni ado etadigan, ya`ni Islomning muqaddas joylarini ziyorat etadigan asosiy kunga ham aylangan. Qurbon hayiti munosabati bilan 1991-yil O‘zbekiston Prezidenti Farmoni asosida ilk bor mamlakatimizdan 500 kishi Saudiya Arabistonidagi Makka va Madinaga borib, haj qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Islom odatiga ko‘ra, hajga borgan, ya’ni muqaddas Ka’bani ziyorat qilgan kishilar Vataniga xoji faxriy unvoniga ega bo‘lib qaytishadi. Islom hayitlarining bosh marosimi tong saharda namozgohlarda, masjidlarda o‘qiladigan “hayit namozi”dir. Musulmonlar hayit namoziga toza, chiroyli kiyimlar kiyib, xushbo‘y atir-upalarni sepib, yaxshi kayfiyat va ezgu niyatlar bilan chiqishadi. Avval “Bomdod namozi” o‘qiladi, so‘ng imom-xatiblar kishilarni ezgulikka da`vat etuvchi ma’ruzalar o‘tkazadilar. Undan keyin esa asosiy “hayit namozi” o‘qiladi. Namoz o‘qish marosimidan keyin hamma bir-biri bilan ko‘rishib, hayit bilan qutlaydilar. Hayit namozidan chiqqanlar yaxshi kayfiyatda uylariga borib, oila a’zolari, ota-onalari, farzandlarini hayit bilan qutlab, “hayitliklar” sovg‘a qilishadi. Bu ulug‘ ayyomda ustozlar ziyorat qilinadi, marxumlarni xotirlab duolar o‘qiladi, qarindoshlar, bemorlar, keksalar holidan xabar olinadi. Hayit kunlari odamlar orasidagi gina va arazlar unutiladi, kambag‘al, beva-bechora, yetim-yesirlarga hayriya va sadaqa berish savob hisoblanadi. Hayit kunlarida Toshkent shahrida, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida “kelin ko‘rish” yoki “kelin salom” deb nomlangan marosim o‘tkaziladi. Bu marosim quyidagicha o‘tkaziladi. Yolg‘on arafa kuni kelinning ota-onasi qizi kelin bo‘lib tushgan xonadanga yo‘qlov yuborishadi. Bu bilan ular qudalarni, kuyovni, qizlarini muborak ayyom bilan qutlaydilar. O‘z navbatida kuyov xonadonidagilar ham o‘zlari pishirgan shirinliklardan qudalarinikiga berib yuborishadi. Toshkentda hayit kunlarida yangi kelinchak tushgan xonadonda dasturxon yuksak mahorat bilan bezatiladi. Hayit kuni erta tong turgan kelinchak yuvinib-taranib, eng chiroyli liboslarini kiyadi, boshiga harir mato yopib, xonadon a’zolariga salom beradi va dasturxonga taklif etadi. Shundan so‘ng kelin ko‘rish marosimi boshlanib ketadi. Qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, qo‘ni-qo‘shnilar birin-ketin “kelin ko‘rgani” kela boshlashadi. Kelinchak ularning har biriga alohida salom beradi. Mehmonlar bu salomga javoban “Ko‘p yashang”, “Baxtli bo‘ling” deb aytishadi. Bu marosim ishtirokchilari xotin-qizlar hisoblanadi. Keluvchilarning soni ko‘p bo`lgani uchun mehmonlar kelin qo‘lidan bir piyola choy ichib, yaxshi niyatlar aytib, fotiha qilishgach, o‘rinlaridan turadilar. Turmushga chiqmagan qizlar bu marosimdan uy ichini qanday bezatish, shirinliklar pishirish, kelinlarga xos uyatchanlik, xayolilik, muomala, kiyinish madaniyatini o‘rganadilar. Ayollar esa kelinlik damlarini yodga olib, kelinchak bilan yaqindan tanishadilar. Oxirgi paytlarda bu marosimda ham kim o‘zarga tarzida “oshir-oshir” yo‘qlovlar rusumga aylanib bormoqda. Bu marosimdan ko‘zlangan maqsad, boylikni ko‘z-ko‘z qilish emas, balki qizlarimizni turmushga tayyorlash, kelinchaklarni pazandalikka, uy tutishga, mehmon kutishga o‘rgatishdir. Sho‘rolar davrida diniy odat va bayramlar ta’qiqlanib kelindi. Mustaqillik tufayligina jamiyatmizda ro‘y bergan mafkuraviy o‘zgarishlar bois yurtimizda diniy bayramlar hayit marosimlari erkin – ochiqchasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. 1992-yildan boshlab, “Ro‘za hayiti” bilan birga “Qurbon hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling