1. боб . DAMLI MUSIQIY CHOLG‘ULAR TARIXI HAQIDA MA’LUMOT
1- § FLEYTA-NAYSIMON (LABIAL-XUSHTAKSIMON
Ushbu cholg'uda ijrochi kuchli nafasining cholg‘u teshigining o‘tkir qirrasi (labial teshigi)ga urilib kesilishi natijasida tovush hosil bo‘ladi. Okarinasimon dengiz chig‘anog‘i va sopoldan yasalgan cholg'ular ham xushtaksimonlar turiga kiradi.
To‘g‘ri ushlab chalinadigan (продольные) fleytalar ikkala tomoni ochiq naylar bo‘lib, ulaming har xil uzunlikdagi ko'p naychalilari ham mavjud. Ushbu cholg'ularning uchiga sozanda labiga mos maxsus boshcha kiygiziladi yoki puflanadigan teshikning yarmisini til bilan berkitish orqali nafas uning o‘tkir qirrasiga yo'naltiriladi.
Yonlama — gorizontal ushlab chalinadigan fleytalarning bosh tomoni tiqin bilan mahkamlab qo'yiladi va ichiga qamalgan havo oqimi bir tomonlama harakatlanadi.
Tilli-trostli cholg'ularda tovush hosil qiluvchi membrana ulaming tillari — trostlari hisoblanadi. Ushbu guruhga: cho‘1 qamishining qovjiragan bo'lagini ip bilan qattiq bo‘g‘ib, bir- biriga biriktirib-qapishtirib bog'langan yoki yoniga qirqilgan ikki yassi-plastinkasimon g'arov qamishdan yasalgan tilchaning biriktirilgan turi, sakrovchi tilli-garmonika, fisgarmoniya va boshqalar kiradi.
Voronkasimon munshtuklilarda ijrochi labining qimtilgan markaziy qismlari tovush qo'zg'atuvchi membrana vazifasini bajaradi. Bunda ijrochi labi, chakka va yuz mushaklarining mujassam holdagi harakati, chiniqqanligi va mahorati ambushyur deb ataladi. Ijrochi munshtuk- ka labini zichlab joylashtiradi va tiqilib turgan nafas qo'yib yuborilishi natijasida lablarning markaziy qismini harakatga keltiradi. Shu bilan ambushyur boshqa damli cholg'ulardan farqli o'laroq, voronkasimon munshtuklilarda faqat tovush hosil qilish jarayonida ishtirok etibgina qolmasdan, bevosita qo'zg'aluvchi manba vazifasini ham bajaradi. Fleyta-naysimon, tilli-trostli cholg'ularda ham lab apparati ambushyur deb ataladi va har birida (fleytachi uning yordamida nafasni labium teshigiga yo'llaydi, trostli cholg'u ijrochisi esa trostni lablari bilan qamrab-o‘rab oladi va uning tebranishini boshqaradi) o'ziga xos vazifani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |