O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari
Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi
Download 212.31 Kb.
|
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU: AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYoSATI
Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko‘rsatishda xam keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga harakat qiladi. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi; ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash; investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish; ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish; qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 6-MAVZU: AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYoSATI Bob aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob kambag‘allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi. Download 212.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling