O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Download 212.31 Kb.
bet17/53
Sana24.12.2022
Hajmi212.31 Kb.
#1051881
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН

Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, qarigan ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini yetishtirish demakdir.
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmagan ishchi kuchi.
Friksion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar bo‘shashini kutayotganlar.
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
3-4-MAVZU: MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI


Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy xo‘jaliklari va davlatning pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Bobda moliya tizimi, uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat byudjeti va byudjet mablag‘larining shakllanishida soliqlarning roli bayon etiladi. Shuningdek, pul muomalasi qonunlari, pulga bo‘lgan talab va taklif, inflyatsiyaning mohiyati ochib beriladi. Tahlilning keyingi bosqichi kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roliga bag‘ishlanadi.



Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling