O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Download 212.31 Kb.
bet14/53
Sana24.12.2022
Hajmi212.31 Kb.
#1051881
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН

2-chizma. Fillips egri chizig‘i.
Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham lozim.
Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo‘lmaydi.


3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
FTT, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. Yangi kasb va mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) davom etishi yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Friksion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.

Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling