O‘quv qo‘llanma
Buxoro Xalq Respublikasi hududida sovet rejimiga
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
10.2.Buxoro Xalq Respublikasi hududida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1920-1924) Bolsheviklar tomonidan o‘rnatilgan kommunistik rejimga qarshi kurash 1920-1924-yillarda Buxoro va unga qarashli tuman va bekliklar hududlarini qamrab oldi. Bu harakatga sovet hukumati davrida “Bosmachilik” degan rasmiy nom berildi. “Bosmachi” so‘zi aslida turkiy “bosmoq”(hujum qilmoq) so‘zidan yasalgan. Milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan o‘ylab chiqarilgan hamda 225 “banditlik”, “qaroqchilik” degan so‘zlar bilan asossiz suratda tenglashtirilgan 1 . Buxoro respublikasidagi mustaqillik uchun kurashayotgan kuchlar 1920 yilning kuzida tashkil topgan va ikki guruhdan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘zining kurash usuli va yo‘lidan borgan. Birinchi guruhdagilar amirlik tuzumini qayta tiklash, yangi hukumatni (“kofirlarga sotilgan jadidlar” hukumatini) ham yo‘qotish tarafdorlari edilar. Bu guruhga Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqa qo‘rboshilar rahbarlik qilishdi. Bu guruhni sobiq Buxoro amiri Said Olimxon ham qo‘llab-quvvatlab turdi. 1920-yilning avgust oyi oxirlarida u toj-taxtni tashlab Sharqiy Buxoroga ketdi hamda Shahrisabz, Boysun, Hisor va Ko‘lob viloyatlarida xalqning qizil askarlar bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlariga rahbarlik qilishga urindi. 1921-yilning 4-martida Said Olimxon Afg‘oniston hududiga o‘tib ketdi va o‘sha erdan turib Buxorodagi muxolifat kuchlariga rahnamolik qildi. Harakatning ikkinchi guruhi qatnashchilari milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq bo‘lgan buxorolik vatanparvarlardan iborat bo‘lib, ular Buxoroning muqaddas tuprog‘idan qizil armiyaning olib ketilishi, Buxoro Xalq Respublikasining rasman, so‘zda emas, balki amalda, haqiqiy suratda mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildilar. Mazkur guruh tarafdorlarining ko‘lami keng bo‘lib, dastlab Davlatmandbek, Jabborbek, Doniyorbek, Anvar Posho va boshqalar bo‘lib, ularning safiga keyinchalik Buxoro Respublikasining juda ko‘pchilik rahbarlari – Buxoro Respublikasi MIQning birinchi raisi Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Favqulodda Qo‘mita raisi Muhitdin Maxsum Xo‘jaev, Respublika Militsiyasining boshlig‘i Ali Rizo Afandi, Sherobod viloyati noziri Hasan Afandi, Termiz militsiyasining boshlig‘i Usmon Afandi, Respublika Harbiy ishlari noziri Abdulhamid Oripov, shuningdek Surayyo Afandi, M.Qulmuhamedovlar ham qo‘shildilar. Shuni ham ta’kidlash joizkim, qayd etilganlarning ko‘pchiligi jadidlar va yosh buxoroliklar bo‘lgan. To‘g‘ri, ular ochiqdan-ochiq qurolli kurash olib bormagan bo‘lsalarda, qurolli muxolifat bilan yashirin aloqada bo‘lishib, imkonlari boricha ularga yordam ko‘rsatishgan. Manbalarning guvohlik berishicha, 1920- yildayoq F.Xo‘jaev boshchiligidagi “Milliy Ittihod” tashkiloti tuzilib, tashkilot a’zolari 1 ЎМЭ, 2-том. –Б.163. 226 yashirin kurash olib borishgan 1 . Ammo kurash har doim ham yagona dastur va yagona qo‘mondon qo‘li ostida olib borilmagan. Buxoroda ham Turkistondagi kabi bolshevikcha andoza asosida sovet tuzumining tashkil qilinishidan, yangi hukumatning ijtimoiy- iqtisodiy siyosatidan norozi bo‘lgan, mol-mulkidan ajralgan boylar, dehqonlar va hunarmandlar qurolli muxolifatning asosini tashkil etadi. Kurashga boshchilik qilayotgan qo‘rboshilar ham faqat katta boy va yirik diniy arbob bo‘lmasdan, ular orasida ziyolilar, jadid vatanparvarlari, turli kasb egalari ham mavjud edi. Buxoro ozodlik kurashchilarining bosh qo‘mondoni G‘ozi, Buxoro inqilobchisi Qori Abdulla, Norqul Botir, Doniyolbek ellikboshilar imzo chekkan maktub Buxoro Respublikasi hukumatiga yuborilib, unda kommunistlarning, favqulodda komissiyaning, umuman bolsheviklarning hatti-harakatlaridan norozilik, Buxoroni haqiqatda mustaqil emasligi qayd etilgan hamda bu Buxorodagi mustaqillik uchun kurashning o‘ziga xosligi bo‘lib, bu erda harakat qisqa fursatda ommaviy tus olgan. Buxoro Xalq Respublikasi hududida qurolli muxolifatning harakati ikki davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Birinchi davr 1920-1924- yillarni, ikkinchi davr esa 1925-1935-yillarni qamrab oladi. Harakatning birinchi davrida kurash Sharqiy Buxoroda va G‘arbiy Buxoroda olib borilib, Sharqiy Buxorodagi harakatga Ibrohimbek, G‘arbiy Buxorodagi harakatga esa Mulla Abdulqahhor boshchilik qilgan. 1921-yil oktyabrida Buxoro shahriga etib kelgan Anvar Posho oradan ko‘p o‘tmay Sharqiy Buxorodagi vatanparvarlar safiga qo‘shildi. Anvar Posho (1881-1922) – yosh turklar inqilobini amalga oshirgan, “Ittihod va taraqqiy” partiyasi rahbarlaridan biri, general (Posho)unvonini olgan, Turkiyaning harbiy vaziri lavozimida ishlagan. U 1921-yil dekabrdan boshlab Sharqiy Buxorodagi qo‘rboshilarga rahbarlik qila boshladi. Anvar Posho ko‘rsatmasi bilan Buxoro , Farg‘ona va Xorazm qo‘rboshilarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib turildi hamda ularga kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi. Buxoro amiri Said Olimxon ham Anvar Posho orqali Turkistondagi istiqlolchilar guruhlari bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yib turdi. 1 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.- Т.: Шарқ, 2000. –Б.251. 227 Mulla Abdulqahhor (1884-1924) – G‘arbiy Buxoroda qizil armiya qismlariga qarshi kurashgan istiqlolchi kuchlarning bosh qo‘mondoni, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Mulla Abdulqahhor Buxorodagi mashhur Mir Arab madrasasida tahsil olib, buxoroliklar orasida katta obro‘ga ega bo‘lib yirik ulamo sifatida nom chiqargan. Uning qo‘l ostida 20 ta qo‘rboshi dastalari birlashgan edi: O‘rmon Polvon, Metan Polvon, Naim Polvon, Shukur Xo‘ja, Jo‘ra Amin, Hayit Amin, Oston Qorovulbegi (Ostoncha), Said Mansur, Murod Meshkob, Azimxo‘ja, Hamro Polvon, Murod Polvon, Tosh Murdasho‘y, Xushvaqt va Sirojxo‘ja kabi sardorlar. Bulardan Metan Polvon va Naim Polvon Mulla Abdulqahhorning ukalari bo‘lib, dushmanga nisbatan shafqatsizliklari bilan nom chiqargan edilar. Ular asosan G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari va Nurotada harakat qilgan edilar 1 . “Buxoro shahri atrofidagi fuqarolar, G‘ijduvon, Pirmast, Vobkent, Xo‘ja Orif, Xutfar, Vang‘oze, Qorako‘l tumanliklari aholisi va fuqarolari, taxminan 15 ming nafar odam uning(mulla Abdulqahhorning) atrofiga jamlangan edi” 2 . G‘arbiy Buxoroda 1921-yilda tuman markazlari va yirik qishloqlarda qizil askarlarning harbiy garnizonlari tuzildi. Bunday garnizonlar Shofirkon, Talisafed, Vardonze, Vobkent, Romitan, Zandana, G‘ishti, G‘ijduvon va boshqa joylarda tashkil etildi. Ular ko‘pincha qishloqlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullandi. Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro istiqlolchilari saflarida ko‘plab o‘zbek va tojik ayollari ham kurashgan 3 . Bu paytda M.Abdulqahhor qo‘rboshi Afg‘onistonda turgan sobiq amir S.Olimxon, Ibrohimbek va Anvar Posho bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Mulla Abdulqahhorning qo‘shiniga qisqa vaqt ichida minglab buxoroliklar kelib qo‘shildi. S.Olimxonning yozishicha, M.Abdulqahhor qo‘shiniga Buxoro atrofidan taxminan 6 ming nafar, Vobkent tarafidan 2 ming nafar, Shofirkondan 2 ming nafar, Pirmast tumanidan 2 ming nafar, Xutfar va Laqlaqa (Romitan va Peshko‘)dan 2,5 ming nafar, Vag‘onza (Qiziltepa)dan 3 ming nafar va Bahouddin 1 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. –Б. 258-259. 2 Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б.20. 3 Қ.Ражабов. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш:тарих ҳақиқати (1920-1924). –Т.: Маънавият, 2002. –Б.81. 228 (Kogon) tumanidan 2 ming nafar – jami 25 ming nafardan ortiq jamoa yig‘ilgan 1 . G‘ijduvon jangi natijasida qizil askarlarga qattiq zarba berildi, bir oy ichida ikki ming dona beshotar miltiq, yuz ming dona beshotar miltiq o‘qi, o‘nta pulemyot,uchta zirhli mashina (bronevik) o‘lja qilib olindi. G‘ijduvondan so‘ng Shofirkon, Vobkent va Romitan ham istiqlolchilar qo‘liga o‘tib, Nurotaga hujum uyushtirildi va u harakatning qarorgohi bo‘lib qoldi 2 . Buxoro istiqlolchilarining o‘ziga xosligi shunda ediki, ular Farg‘ona istiqlolchilaridan farqli ravishda yangi hukumatning rahbarlariga maktub yo‘llab o‘z maqsad va talablarini bayon etishgan. Masalan, yuqorida qayd etilgan harakatlardan keyin istiqlolchilar qarorgohidan Mulla Jalol va Hazratqulbek vakilligida BXSR hukumati raisi F.Xo‘jaevga ultimatum (talabnoma) yuborilib, unda shunday deyilgan edi: “Zarafshon daryosining yuqori qismini berasan, aks holda Buxoroga hujum qilaman” 3 . Istiqlolchilarning talabi rad etilgach, 1922- yilning martida Buxoroga hujum uyushtirildi. Zarafshon daryosining Mehtar Qosim (Vobkent hududida) ko‘prigi atrofida BXSRning qizil askarlari mag‘lubiyatga uchradi. Bu erda bir- ikki kun davomida qattiq janglar bo‘lib o‘tdi. Shundan keyin M.Abdulqahhor Eski Buxoroga hujum qilib, qisqa fursatda shaharning 6 ta darvozasini egalladi. Erishilgan ustunlikni mustahkamlash maqsadida o‘z qo‘shinini ikkiga bo‘lib, birinchi qismini Kogonga yo‘naltirdi, ikkinchi qismi bilan o‘zi Eski Buxorodagi vaziyatni to‘rt soat davomida ushlab turdi va keyin Qasri Orifon (Kogon)ga harakat qildi. Biroq bu muddat ichida qizil qo‘shin o‘zining katta kuchlarini bu erga to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va istiqlolchilarni mag‘lub etdi. Shu vaqtgacha Anvar Poshoning qo‘shini Shahrisabz va Qarshi orqali Buxoro viloyatiga etib kelishi kerak edi. Afsuski bunday bo‘lmadi va qo‘shimcha kuchlar etib kelolmadi. Aynan shu fursatda Eski Buxoro atrofida vaziyat murakkablashdi. Buxoro shahrini Jabbor qo‘rboshi hamma tomondan qurshab olgan edi (1922-yil 5-mart). BXSR hukumati Turkiston ASSRdan yordam so‘radi va Samarqanddan, Toshkentdan qo‘shimcha kuchlar, Zakaspiydan esa otliqlar polki 1 Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б. 23. 2 Қ.Ражабов. Кўрсатилган асар. –Б.82. 3 А.Набиев.Жанговар йиллардан лавҳалар. -Т.: 1968. –Б.13. 229 yordamga etib keldi. Oqibatda Jabbor qo‘rboshining qo‘shini ham mahv etildi. Bir necha kunlik shiddatli janglardan so‘ng Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon va boshqa shaharlar birin-ketin qizillar tomonidan bosib olindi. Shunday bo‘lsada, harakat davom etgan. Masalan, 1922-yilning aprel oyi boshlarida Buxorodan 15 chaqirimlik masofadagi Jondorda qizil qo‘shin bilan ayovsiz to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. 1922-yilning bahorida Buxoro Respublikasidagi qurolli harakatda vaziyat yanada keskinlashdi. 1922-yilning 19-mayida Anvar Posho Sovet davlatining poytaxti –Moskvaga ultimatum yuborib rus qo‘shinlarini Turkiston tuprog‘idan olib chiqib ketishni talab qildi. Talabnomaga javob berilmadi va aksincha qarshi harakat kuchaytirildi. 1922-yilning 1-iyunidan boshlab BXSR hududida ikki front: Sharqiy va G‘arbiy front tashkil etildi. Natijada qizil armiya qo‘shini qat’iy hujumga o‘tib, shu yilning 4-avgustida Sharqiy Buxoroda (Baljuvon atroflarida) Anvar Posho qo‘shiniga qarshi katta kuchni tashladi. Jang paytida besh joyidan yaralangan Anvar Posho o‘ldirildi. Shu jangda og‘ir yaralangan Davlatmandbek ham jangdan keyin o‘ldi. Anvar Poshoning dafn marosimida 250 ming turkistonliklar ishtirok etishgan. Istiqlolchilik harakati 1922- yilning kuzi va 1923- yilning boshlarida ham faol davom etgan. Buxoro qo‘rboshilari orasida o‘zining jasurligi bilan nom chiqargan Hamro Polvon (1892-1941) asosan Romitan tumanida faoliyatini kuchaytirdi. Qo‘rboshi Murod Meshkob asosan Peshko‘ va Romitan tumanlarida harakat qildi. 1922- yilning dekabrida Oston qo‘rboshi SHofirkonda harakatini kuchaytirdi. Jo‘ra Amin qo‘rboshining dastasi esa shu vaqtda Jondorda qizillarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Qo‘shimcha kuchlar etib kelgachgina, qizillar Jondorni egallab olishga muvaffaq bo‘ldilar. Qizillarning ustunlikni qo‘lga kiritishlaridan so‘ng shu yilning dekabrida Buxoro atroflarida istiqlolchilardan 511 kishi halok bo‘lib, 127 kishi asirga olindi. 1923-yilning boshi va bahorida Buxoro viloyati hududida, umuman G‘arbiy Buxoroda qurolli harakat yana jonlandi. Jo‘ra Amin (Jondor-Yakkatutda), Oston Qorovulbegi (Zandananing g‘arbida), Murod Meshkob (Xo‘ja Za’faronda), Mulla Abdulqahhor, Metan Povon va O‘rmon Polvon (Nurotada), Naim Polvon (G‘ishtida), Hamro Polvon (Buxoro shahridan shimoliy g‘arbda), Tosh 230 Murdasho‘y (Kumushkentda) harakat qildilar. Amudaryo bo‘yi rayonida Ochil Sardor (Qorako‘l atrofida), Qilich Sardor (Denovda), Rustam (Burdaliqda), Qilich Mergan (Karkida) kurashdilar. 1923- yilning bahori-yozida qurolli harakat markazi Nurotada bo‘lib, Mulla Abdulqahhorning qarorgohi shu erda edi. Bu paytga kelib unga Metan Polvon, Latif Devonbegi, Abdurasul Afandi, Xushvaqt, Og‘a Gulbek, Yodgor Xo‘ja, Siroj Xo‘ja, Musaboy, Azim Yuzboshi, Mulla Qarshi, Nazir Yuzboshi, Asadulla Qorovulbegi, Oqil Qorovulbegi, Mustafo Qorovulbegi, Mulla Mansur kabi qo‘rboshilar bo‘ysunardi. Qorako‘l tumanida harakat qilayotgan Murod Polvon safdoshlari Jo‘ra Amin va Hayit Polvonlar bilan birgalikda aprel oyining oxirida Jondordagi qizil askarlar garnizoniga muvaffaqiyatli hujum uyushtirib, dushmanning ikkita aeroplani (samolyoti)ni urib tushirishdi. 10 iyunda Tosh Murdasho‘y va A’zam Xo‘janing 300 otliq otryadi Xargo‘sh atroflariga hujum qilib, bu erdagi qizillar garnizonini qirib tashladi (Q.Rajabov. Ko‘rsatilgan asar,115-bet). Jo‘ra Amin (1889-1926)ning yigitlari Jondor va Qorako‘l tumanlarida Pavlov qo‘mondonligidagi 13-o‘qchi korpusiga qarshi shafqatsiz janglar olib borishdi. 1924-yilning boshlarida G‘arbiy Buxoroda Zandanada (Mulla Abdulqahhor), Qorako‘lda (Jo‘ra Amin), Jondorda (A’zamxo‘ja), Buxoro shahrining shimoliy g‘arbida (Tosh Murdasho‘y), Vobkentda (Ko‘r Ota), G‘ijduvonda (Islom Qorovulbegi), Shofirkonda (O‘rmon Polvon, Metan Polvon va Naim Polvon) kurashni davom ettirdilar. Ammo 1924-yilning 5-iyulida boshlangan “Bosmachilikni tugatish oyligi” natijasida 17 qo‘rboshi va 250 yigit qo‘lga olindi. Mulla Abdulqahhor 1924- yilning noyabrida Qizilqumda o‘ldirildi. Shunday qilib, 1924-yilning oxirlariga kelib Buxoro va Karmana (G‘arbiy Buxoro) viloyatlaridagi istiqlolchilik harakati asosan mag‘lubiyatga uchradi. Lekin bu istiqlolchilik harakatining batamom mag‘lubiyatga uchraganini bildirmasdi. Keyingi davrda bu harakat yangi bosqichga ko‘chdi 1 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling