O‘quv qo‘llanma
Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” tezyurar poezdi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” tezyurar poezdi Tez kunlarda elektropoezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarga xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. 2010-yilda tashkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida pilla qayta ishlanib, turli o‘lcham, ko‘rinish va rangdagi matolar tayyorlanmoqda. Bunda buyurtmachi taklifi va bozor talabi asosida ish tutilmoqda. Hozir bu erda “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. 255 Matoga bosilgan gullarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning rangi o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli. “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ma’muriy binosi Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Mahsulot buyurtma asosida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi xaridorlarga etkazib berilmoqda. Tayyor mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotir. Ayni paytda “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining ipak tolalari xorijda xaridorgir. O‘tgan yili Eron, Vetnam, Turkiya, Hindistonga qariyb 2,5 million dollarga teng mahsulot eksport qilindi. Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hududdagi kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish lozimligini qayd etdi. Buxoro viloyatida etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sobiq “Buxoroteks” AJ negizida tashkil etiladigan “Indorama Indast LTD” O‘zbekiston - Singapur qo‘shma korxonasi 256 ishga tushgach, 400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Korxonaga Shveysariyaning “Riter” kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy va energiyatejamkor texnologiyalarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida paxtani qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Bu hududda etishtirilgan paxta tolasini shu erning o‘zida qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini kengaytirmoqda. Bugun Buxoroda etishtirilayotgan paxta tolasining 20,6 foizi viloyat hududida sanoat usulida qayta ishlanmoqda. Yangi loyiha bo‘yicha viloyatning 7 shahar va tumanida 13 yirik sanoat korxonasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu viloyatda etishtirilgan paxta tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017- 2018-yillarda Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta ishlash dasturini bajarish uchun mamlakatimiz tijorat banklari mablag‘lari va chet el investitsiyasini jalb qilish rejalashtirilgan. Erdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda etishtirilgan ipak tolasiga dunyo bozorida talab yuqori. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi asosida 39 loyiha hayotga tatbiq etiladi. Mamlakatimizda turizmning ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida BMTning Butun jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) hamda turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik industriyasi ob’ektlarini jadal rivojlantirish, yo‘l-transport va muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga 18,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar orasida mashhur muzeylar va moddiy madaniy meros ob’ektlarida tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunga qadar Buxoro 257 viloyati bo‘yicha 17 ta ob’ektlarda jumladan, Buxoro shahridagi 9 ta (Buxoro xalqaro aeroporti, Poyi kalon majmuasi, Toqi Zargaron, Labi Havuz, Toqi telpakfurushon, Toqi Sarrofon, favvoralar maydoni, Ark qo‘rg‘oni, Moxi-Xossa yozgi saroyi), Kogon tumanida 1 ta (temir yo‘l vokzali) hamda “Etti pir” ziyoratgohlarida bepul Wi-Fi hududlar tashkil qilingan. 2019-yilning oxiriga qadar qo‘shimcha 27 ta ob’ektlarda Wi-Fi hududlarni tashkil etib, ular sonini 44 etkazish rejalashtirildi. O‘tgan ikki yil davomida juda ko‘plab xorijiy davlatlarda Buxoro viloyatining turistik salohiyati, turizm sohasiga, jumladan, sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Xususan, 2018 yilda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlarda viloyatning turistik potensiali bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019-yilda bunday taqdimotlar Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Fransiya, Chexiya,Xitoy, Hindiston, Indoneziya, kabi mamlakatlarda o‘tkazildi. Ichki turizm va ziyorat turizmini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Etti pir ziyoratgohlarining tubdan ta’mirlanishi va ular oldida zamonaviy infrastrukturaga ega inshootlarning barpo etilishi viloyatning va umuman mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. “O‘zmilliybank” huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Property Industry MCHJ ta’sischiligida Buxoro tumanida 38 gektarda agrologistika markazi barpo etildi. 21,8 million dollarlik mazkur loyiha doirasida bu erda Xitoy, Germaniya, Daniya texnologiyalari asosida meva-sabzavotlarni quritish, muzlatish, murabbo, jem va tuzlamalar ishlab chiqarish quvvatlari, muzlatkich va sublimatsiya tashkil etiladi. Bu yiliga 10 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash, dastlabki yillarda 6,5 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkonini beradi. Yangi chorvachilik kompleksi 1000 bosh qoramol va 1 ming 500 bosh qo‘y boqishga mo‘ljallangan. Umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha natijasida 2 ming 650 tonna sut, 200 tonna go‘sht, 2,5 tonna jun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 800 gektar maydonda ozuqa etishtiriladi. 258 Umumiy qiymati 406 million dollardan ortiq bo‘lgan Amu- Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi doirasida Amu-Buxoro-1 yangi nasos stansiyasi quriladi, Amu-Buxoro-2, Quyi mozor, Qiziltepa va Qiziltepa-1 nasos stansiyalari rekonstruksiya qilindi. Buning samarasida Buxoro viloyatida 275 ming, Navoiy viloyatida 40 ming gektar er suv bilan barqaror ta’minlanadi. Yiliga 134,2 million kilovatt elektr energiyasi, 25,6 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i tejaladi 1 . Buxoro shahri Respublika hukumatining ijtimoiy yo‘sindagi bozor iqtisodiyotining bosqichma - bosqich shakllanishini, tashabbuskorlik va ishchanlikni har tomonlama kuchaytirish, iqtisodiyotni markazlashuvdan va monopoliyadan chiqarish, korxona va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirishdan iborat siyosatini og‘ishmay amalga oshirmoqda. Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi to‘qimachilik kombinati va to‘rtta tuman filiali singari bazaviy korxonalarni o‘z ichiga oladi. 1994-yil ushbu birlashmada 18 mingdan ziyod kishi ishlagan. Birlashma mutaxassislarining sa’y-harakatlari tufayli ishlab chiqarish birmuncha oshdi. Natijada 1994-yilning birinchi yarmida 1991-yilning o‘sha davriga nisbatan kalava chiqarish 2 foizga, tayyor gazlama esa 12 foizga o‘sdi 2 . Birlashma tashabbusi bilan birqancha savdo uylari ochilib, ular yaqin xorijda Buxoro to‘qimachilari manfaatini ifodalab, mol ayirboshlashni amalga oshirishadi. Masalan, sochiq va dag‘al gazlama evaziga Sankt-Peterburg birlashma korxonalariga zaxiraviy qismlar yuborilgan. Korxona Rossiyaning Ivanovo viloyatiga 250 million so‘mlik mahsulot yuborib, 170 million so‘mlik mahsulot oldi. 1994- yilda birlashmaning 28 ta xorijiy sheriklari bo‘lib, ular savdo yo‘llari orqali mol ayirboshlashni amalga oshirishdi. Viloyati iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari majmuidan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jaligida paxta, don, qorako‘lteri va pilla etishtirish asosiy o‘rinni egallasa, sanoatda paxta tozalash va to‘qimachilik korxonalari ustun, sanoatda ham jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Agar viloyatda 90-yillarning boshida atigi bir necha respublika ahamiyatiga ega sanoat korxonalari faoliyat yuritgan 1 http://uza.uz/oz/programs/sog-lom-bola-yili/prezidentimiz-ishlo-kh-zhaligi-so-asidagi-isti- bolli-loyi-al-10-03-2017/ 2 Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.164. 259 bo‘lsa, hozirda ularning soni 100dan oshdi. O‘tgan yillar davomida umuman sanoat tarmog‘ida 27 ta yangi turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilib, uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulishi 2000-yildagi 33.0 foizdan 2010-yilda 64.1 foizgacha oshdi. Hozirda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 17.9 foiz, qishloq xo‘jaligida 98.2 foiz, qurilishda 53.4 foiz, investitsiyalar hajmida 14.4 foiz, chakana savdoda 48.2 foizni tashkil etmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilgan izlanishlar natijasida Qandim, Oqqum va Porsonqul hududlariga neft va tabiiy gazning kata zaxiralari ochildi. Ana shu konlardagi energetika xomashyosini qayta ishlash uchun 1997-yilning avgust oyida Qorovulbozor shaxrida yirik neftni qayta ishlash zavodi ishga tushurildi. Mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu korxona Buxoro - Xiva neft - gazli hudud xom-ashyosini qayta ishlash bilan birga viloyat aholisini ish bilan ta’minlash borasida asosiy manbalardan biri vazifasini ham o‘tamoqda. Buxoro viloyati misolida oladigan bo‘lsak, bu erda keyingi etti yilning o‘zida 9.8 milliard dollar hajmida investitsiya kiritildi. Kelgusi besh yilda 7.8 milliard dollordan ortiq invistetsiya jalb etish hisobidan bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Xorijiy firmalar bilan hamkorlik hamda qo‘shma korxonalar faoliyati mustaqillik sharoitida shahar iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va sifatiga yangitdan yondashishni taqazo qilmoqda. “Omega” grek firmasi Buxoro qorako‘l zavodi asosida jahon bozorida mutlaqo raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqara boshladi. Buxoroning “Sitora” korxonasi bolgarlar bilan hamkorlikda telefon apparatlari, Janubiy Koreyaning “Goldstar” firmasi bilan hamkorlikda Buxoro uysozlik kombinati negizida televizorlar ishlab chiqarmoqda. Isroil Firmasi bilan hamkorlikda chigitni qayta ishlovchi yirik korxona qurilishi nihoyasiga etkazilmoqda, chigit yuz foiz shu erning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. “Gufik” hind firmasi bilan hamkorlikda Buxoro zaminida o‘sayotgan o‘tlardan dori-darmon tayyorlovchi farmasevtika fabrikasi ishga tushirildi. 1994-1996- yillarda Buxoroda yana 25ta qo‘shma korxona tuzildi 1 . 1 Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.166. 260 Xorijiy sheriklar bilan o‘rnatilgan yaqin aloqa bo‘yash pardozlash fabrikasida Gollandiyaning “Shtork” firmasi hamda Hindistonning “Stovek” kompaniyasining ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish imkonini berdi. Ushbu uskunalarni Germaniyaning “Romesh Klyaynevefers” firmasi o‘rnatdi, natijada fabrikada eni 2 metr 40 santimetr bo‘lgan yangi namunadagi gazlama ishlan chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bo‘yovchi moddalar muammosi to‘la hal etildi. Shveytsariyaning “Siba-Gaygi” firmasi fabrikaga 18 tonna kalava bo‘yog‘i va 38 tonna to‘qimachilik yordamchi bo‘yoqlarni etkazib berdi. Buxoro to‘qimachilari Mudofaa vazirligidan harbiy kiyim tikish uchun kerakli miqdorda material tayyorlab berishga buyurtma oldi. Harbiy gazlama ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatini e’tiborga olib, birlashma jahonga mashhur “BASF” firmasi bilan bitim tuzdi. Shuningdek, Germaniyaning “Baer” va “SXT Tyubingen” kompaniyalari bilan ham o‘zaro bitim imzolandi 1 . Birlashmaning 25 ming nafarlik jamoasi yaqin xorijning 200 iste’molchisiga va uzoq xorijning 40 dan ziyod iste’molchisiga raqobatbardosh mahsulot yubormoqda. Buxoro G‘arb mamlakatlari orasida-Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya bilan nihoyatda mustahkam aloqalar o‘rnatgan. G‘oyat istiqbolli sheriklari-Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya firmalari bilan aloqa o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-2019-yil Buxoroga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirish bo‘yicha qimmatli taklif va tavsiyalar, aniq ko‘rsatmalar ilgari surildi. Jumladan, Buxoroda tasavvuf maktabini, Mir Arab oliy madrasasini, Buxoro tarixi, Islom tarixi va manbashunosligi ta’lim yo‘nalishlarini ochish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bugungi kunda to‘la amaliyotga joriy qilindi. Turizmni rivojlantirish, etti pir ziyoratgohini obodonlashtirish, Buxoroning eski shahar qismini YUNESKO talablari doirasida saqlab qolish, aholi uchun yangi turar-joylar qurish, Buxorositi markazini tashkil etish, chorvachilik sohasida mashhur Buxoro qorako‘lini qayta tiklash, qishloq xo‘jaligida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. 1 Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.165. 261 O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4243-sonli qaroriga asosan chorva hayvonlari ozuqa bazasini yaratishga mo‘ljallangan ozuqabop ekinlarni etishtiruvchilarga sug‘orish tiq quduqlari burg‘ulashga subsidiya, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishlari uchun esa kredit mablag‘lari ajratildi. Chorvachilik sohasi aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini ta’minlovchi asosiy tarmoq bo‘lib, bu soha aholi ehtiyojlarini ta’minlashda qimmatli chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum va boshqalar) va engil sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo (teri, jun va boshqalar) etkazib beradi. Mazkur sohani tubdan rivojlantirishda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari sharoitida mustahkam ozuqa bazasini yaratish, chorva mollari va parrandalarni oqsilga boy, servitamin, ozuqalar bilan yil davomida uzluksiz ta’minlab borish, seleksiya-naslchilik ishlarini zamonaviy usullarda takomillashtirib borish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy qilish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 2016-2019-yillarda chorvachilikni rivojlantirishga mo‘ljallangan Dasturlarning qabul qilinishi chorvachilik soxasini rivojlanishini ta’minladi. Prezidentimiz tomonidan sohani rivoji uchun qabul qilingan qarorlar bilan chorvachilik sohasiga berilgan imtiyozlar evaziga, tejalgan mablag‘lar naslchilik ishlarini yaxshilashga, yangi texnologiyalarni olib kirishga zamin yaratib, chorva mol bosh sonlari va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘payishiga olib keldi. Buxoro viloyatida naslchilik ishlarini mustahkamlash, chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish, naslchilik yadrosini shakllantirish va kengaytirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish maqsadida 2016- 2019-yillar mobaynida chetdan 6000 bosh naslli urg‘ochi tanalar Ukraina va Germaniya davlatlaridan olib kelindi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling