265
TARIXIY ATAMA VA TUSHUNCHALARNING
IZOHLI LUG‘ATI
Avorizot – favqulodda xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im.
Avqof
– masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi
bilan
shug‘ullanuvchi.
Amid ul-muluk – davlat hujjatlarining yuritilishiga mas’ul va elchilik
aloqalari vaziri.
Amir ul-umaro – amirlar amiri, bosh sarkarda.
Amlok – davlat erlari.
Ark – ichki qal’a, hukmdorlarning shahar ichidagi saroyi, qarorgohi.
Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi.
Barzikor – qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mehnatkash aholisi.
Bek – el-yurt, viloyat hokimi.
Begor – jamoat
ishlariga safarbar etish, hashar.
Biy – urug‘ va jamoa oqsoqoli.
Boj – savdogarlardan olinadigan soliq.
Bosqoq – mo‘g‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV
asrlardagi mahalliy
hokim.
Botmon – og‘irlik o‘lchovi. XIX-XV asrlarda 20 kg ga teng bo‘lgan.
Vaqf – diniy muassasalarga tegishli mulklar.
Visoqboshi – to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i.
Devon – o‘rta asrlarda vazirlar mahkamasi shu nom bilan yuritilgan.
Devonbegi – vazirlar mahkamasining bosh ma’muri.
Dehqon – ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi, erdor.
Dinor – bir misqol, ya’ni 4,8 gr og‘irlikdagi oltin yoki kumush tanga.
Dodxoh –fuqarolarning arz va shikoyatlarini
tinglovchi va hal
qiluvchi amaldor.
Do'stlaringiz bilan baham: