O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 
 


240 
11-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO 
 
11.1. Buxoroning 2500 yillik yubileyining nishonlanishi va o‘lkada 
o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar 
11.2. Mustaqillik yillarida Buxorodagi bunyodkorlik ishlari 
11.3. Transport, ishlab chiqarish, sanoat va turizm 
 
11.1. Buxoroning 2500 yillik yubileyining nishonlanishi va 
o‘lkada o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar 
Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mustaqillik yillarida 
qadimgi me’moriy yodgorliklarning barchasi ta’mirlanib, o‘zining 
asliy qiyofasiga ega bo‘ldi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda 
tobora kengayib borayotgan turizmning jozibador maskanlaridan 
biriga aylandi. Buxoroga yo‘l olgan sayohatchilar shaharning 
dovrug‘ini jahonga taratgan noyob me’moriy obidalardan Ismoil 
Somoniy maqbarasi (IX –X asrlar), Minorai Kalon (XII asr), Mag‘oki 
Attori masjidi (XII asr), Chashmai Ayub (XII-XIV asr), Toqi 
zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon ansambllari (XVI asr), 
Ark (mil. avv. IV - III-asrlar - XX-asr boshi) Ulug‘bek madrasasi 
(1417), Kalon Jome masjidi (XVI asr), ayniqsa Labi hovuz 
maydonidagi me’moriy obidalar majmui (XVI-XVII asrlar) kabilarni 
zavq-shavq bilan tomosha qiladilar. Shuning uchun ham bu obidalar 
hozirgi kunda minglab sayyohlarning diqqat- e’tiborini o‘ziga jalb 
etmoqda.
1997 yilda YUNESKOning qaroriga asosan dunyoning eng 
ko‘hna shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoroning 2500 yillik yubileyi 
jahon jamoatchiligi vakillari ishtirokida keng nishonlandi. Buxoro 
shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini 
hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil 
oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Buxoro 
shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi 
qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi 1996-yil 3-yanvarda 
“Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni 
o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qaror doirasida bir qancha 
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, YUNESKO Bosh konferensiyasi 
28-sessiyaning Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997-yilda 
YUNESKO rahnamoligida jahon miqyosida o‘tkazish haqidagi qarori 
qo‘llab-quvvatlangan holda mazkur tarixiy sana tadbirlarini tayyorlash 


241 
va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tuzildi. Tashkiliy 
qo‘mita Buxoro shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni 
o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqdi va amalga 
oshirdi
1

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya 
vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy 
kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda 
Buxoro shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida 
joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996-2000-yillarda 
ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqildi va bu dastur 
doirasidagi ishlar amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish 
vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati 
hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni, 
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996-
1997-yillarda shahar akvatoriyasida er osti suvlari sathini belgilangan 
normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqilib, 
amalga oshirildi. 
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati hokimligi 
va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro 
vohasida xorijiy va mahalliy turizm infrastruturasini rivojlantirishga 
qaratilgan maxsus madaniy turizm dasturlari ishlab chiqilib, bajarildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasi Fanlar 
akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997- yillarda Buxoro tarixiga oid 
nashrlarni tayyorlanildi va chop etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar 
vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda 
Buxoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan 
xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. 
Tashqi ishlar vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy komissiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan 
birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrining yubileyini YUNESKOning 
Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlandi. 
Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar 
bilan birgalikda Buxoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik 
1
 http://www.lex.uz/ru/docs/-1618194
 


242 
suvi bilan ta’minlash, aloqa transporti, sog‘liqni saqlash va maishiy 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro shahrining 
yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillardagi tayyorgarlik ishlarini 
bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘ ajratib 
borildi, ushbu harajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika 
byudjeti hamda Buxoro viloyati mahalliy byudjeti hamda tashkilotlar 
va korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga qoplandi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
teleradiokompaniyasi, 
“O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Buxoro 
shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib 
etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib 
borilishini ta’minladilar. 
1997- yil 19-oktyabrda Buxoro shahrining 2500 yilligi 
nishonlandi. Poyi Kalon maydonida ulkan teatrlashtirilgan tomosha 
bo‘lib o‘tdi, u yorqin badiiy shakllarda Sharqning eng qadimgi shahri 
tarixi, shahar mehnatkashlarining bugungi kuni haqida hikoya qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tantana 
ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidenti 
Islom 
Karimovning Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi tabrik so‘zida (1997-yil 19-oktabr) “Bugun 
O‘zbekiston hayotida buyuk bir sana - shonu shavkati etti olamni 
tutgan, qadimiy va hamisha navqiron Buxoroi sharifning 2500 yillik 
qutlug‘ to‘yini nishonlamoqdamiz... Buxoro o‘lkamizning ming yillar 
davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy va diniy qadriyatlari 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan, sharafli nomga sazovor 
bo‘lgan muqaddas joylaridan biridir.
Buxoro “qubbatul islom”, ya’ni “islom dinining gumbazi” va 
buyuk ulamolar so‘zi bilan aytganda, “quvvati dini islom” deb tan 
olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida 
musulmon dunyosining mo‘tabar markazlaridan biri bo‘lishidan 
e’tirofdir. Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning 25 
asrlik yo‘lini ko‘ramiz. Buxoroning har bir qarich eri, har bir tarixiy 
va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik 
salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilmu ma’rifat, ma’naviyat va 
madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo‘lidan darak beradi...


243 
O‘tgan 2500 yil davomida o‘zbek davlatchiligini boshqargan 
xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, somoniylar, qoraxoniylar, 
anushteginlar, temuriylar, Shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar 
sulolalari tariximizda, xususan, Buxoroi azimda o‘ziga yarasha nom 
va iz qoldirdilar.
Buxoro, ayniqsa temuriylar zamonida gullab yashnadi. Jahon 
maydonida eng mo‘’tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarilgan 
Buxoro ham diniy, ham dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom 
chiqardi. Hazrati Bahovuddin Naqshband faoliyati aynan shu yillarda 
kechdi. 
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi 
bo‘lib kelgan. Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, 
Mir Kulol... va boshqa shu kabi buyuk zotlar etishib chiqqan, tahsil 
olgan bu makon bundan buyon ham ilmu fan, m’rifat va ijod beshigi 
bo‘lib qolaveradi.”-deb ta’kidlagan edi. 
Buxoroda o‘tkazilayotgan Ipak va ziravorlar xalqaro festivali va 
Buxoro kunlari tadbirlari, ularning madaniy-ma’rifiy ahamiyati 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida 
ozod, erkin va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida 
amalga oshirilgan ulkan ishlar milliy ma’naviyatimizni tiklash va 
yuksaltirish, 
azaliy 
qadriyatlarimizni 
asrab-avaylash, 
izchil 
rivojlantirish bilan uyg‘un tarzda olib borilmoqdi. Bu festival va 
tadbirlarning xalqaro ahamiyati ayniqsa keyingi uch yilda yanada 
oshdi va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida mazmunan 
yangi bosqichga ko‘tarildi. 
2006-2012-yillar mobaynida o‘tkazib kelingan Asrlar sadosi 
an’anaviy madaniyat festivali milliy an’ana va qadriyatlarimizni 
asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, bu yo‘nalishda unutilayozgan 
uslub va maktablarni qayta tiklashni maqsad qilgan edi. 
Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi 
viloyat boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida 
an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan festival milliy hunarmandlikni 
rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, hunarmandlar 
o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, turizmni yanada ravnaq toptirish, 
Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga xizmat 
qilmoqda.


244 
Festival ko‘hna Ark qal’asi oldida qadim davrlarni eslatuvchi 
teatrlashtirilgan tomoshalar bilan boshlanadi. Karnay-surnay sadolari 
yangrab, o‘tmish lavhalari, ertak qahramonlari aks ettirilgan 
bayramona tantanali yurish festival tadbirlari markazi bo‘lgan Labi 
hovuz majmuasi tomon yo‘l oladi.
Labi hovuzda o‘tkazilgan festivalning ochilish marosimida 
davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sayyohlar, yoshlar ishtirok 
etadi. Prezidentimiz rahnamoligida turizm va turizm infratuzilmasini 
rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar oqimini 
yanada ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak 
samaralar berayapti. 
Festivalda jahonning ko‘plab davlatlaridan xalq amaliy san’ati 
ixlosmandlari, 
mutaxassislar, 
sayyohlik 
tashkilotlari 
vakillari, 
hunarmandlar ishtirok etyotgani xorijda yurtimizga, xalqimizning 
moddiy va ma’naviy merosiga qiziqish yil sayin ortib borayotganidan 
dalolatdir.
Tadbir doirasidagi ko‘rgazma-savdo rastalarida Buxoro mis-
kandakorlik asarlari, kulolchilik va zargarlik buyumlari, zardo‘zlik 
liboslari, devoriy kashtalar, vodiyning atlasu adraslari, do‘ppilari, 
chinni idishlari, Surxonning jun va ipakdan ishlangan mahsulotlari, 
toshkentlik ustalarning yog‘och o‘ymakorlik ashyolari, Jizzaxning 
biser-munchoqli san’at asarlari, umuman, yurtimiz va xorijlik 
hunarmandlarning 
ipak 
mahsulotlari, 
ziravorlar, 
giyohlardan 
tayyorlangan shifobaxsh darmondorilar namoyish etiladi. Buxoro 
rassomlik va miniatyura, zargarlik, zardo‘zlik, mis-kandakorlik, 
temirchilik, gilamchilik va G’ijduvon kulolchilik maktablari 
ustalarining mahorat darslari tashkil etiladi
1

Festivalda barcha viloyatning folklor-etnografik jamoalari o‘z 
dasturini namoyish etadi. Ayniqsa, milliy sport musobaqalari, xalq 
o‘yinlari ishtirokchilarga manzur bo‘lib kelmoqda. Tadbir doirasida 
taniqli modelerlar, yosh dizaynerlar ishtirokidagi “O‘zbek ipagi - 
dunyo nigohida” deb nomlangan dastur, milliy taom - palov 
tayyorlash bo‘yicha oshpazlar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi 
2


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling