O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2.Mustaqillik yilarida Buxorodagi bunyodkorlik ishlari
1 http://www.uza.uz/uz/society/ipak-va-ziravorlar-festivali-26-05-2017 2 http://www.uza.uz/uz/society/ipak-va-ziravorlar-festivali-26-05-2017 245 11.2.Mustaqillik yilarida Buxorodagi bunyodkorlik ishlari Uch ming yildan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan shaharlardan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat, madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha ta’rifi butun olamga yoyilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga etkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Lekin bu ishlar o‘z-o‘zidan amalga oshgan emas. O‘tgan asrning 90- yillari boshlarida butun mamlakatda bo‘lgani singari Buxoro viloyatida ham qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ko‘ndalang turardi. Sobiq Ittifoq davridagi iqtisodiy aloqalar uzilib qolgan, mavjud sanoat korxonalari to‘xtagan, ishlab chiqarish deyarli izdan chiqqan, aholining turmush darajasi esa tushib ketgan bir davr edi. Shunga qaramasdan, ahvolni o‘nglash maqsadida islohotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini shakllantirish sari dadil qadam tashlandi va bunday sa’y-harakatlar xalq irodasi bilan o‘z samarasini berdi. Mustaqilligimizning dastlabki qadamlaridan Buxoroga e’tibor hukumat siyosatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandiki, bu borada qabul qilingan qarorlar ushbu fikrni taqdiqlaydi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3- noyabrdagi “Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligini nishonlashga tayyorgarlik va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4- dekabrdagi “Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 11-sentyabrdagi “Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish masalalari to‘g‘risida”gi 191-sonli qarori. Buxorodagi Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi kabi qator osori-atiqalar ta’mirlanib, asl qiyofasiga keltirildi. Tasavvuf namoyandalari, Naqshbandiya tariqati asoschilari Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari obod etildi. Bularning barchasi yuqorida e’tirof etilgan hukumat qarorlarining ijrosi to‘la-to‘kis ta’minlanganligini ko‘rsatadi. 246 Ayniqsa, Buxoro madaniy markazi amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining yorqin namunasi sifatida alohida madaniy- ma’rifiy ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va g‘oyasi asosida barpo etilgan 107 gektardan iborat madaniy markaz yirik inshootlar - 700 o‘rinli viloyat musiqali drama teatri, 2000 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, ular o‘rtasida esa “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentidan iborat. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling