O‘quv qo‘llanma


Buxoroda Ipak va ziravorlar xalqaro festivali kunlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Buxoroda Ipak va ziravorlar xalqaro festivali kunlari
Madaniy markaz turli burchaklaridan boshlangan yo‘laklar 
balandligi 18 metrli “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentiga kelib 
tutashadi. Monumentni taniqli haykaltarosh, O‘zbekiston san’at arbobi 
Ilhom Jabborov ishlagan. 
Obida 
zinapoyalari 
orqali 
ko‘tarilganda, 
monument 
tevaragidagi zarhal koshinlar diqqatni tortadi. Unda Buxoroning 
tuprog‘i oltinga teng, degan ma’no mujassam. Chunki Buxoro azaldan 
oltin makoni bo‘lgan. Asl va toza oltin konlari, yombilar shu erdan 
topilgan. Ayni chog‘da monumentda nafaqat Buxoroning oltin zamini 
oldida, balki Buxoroni sharif shaharga aylantirgan uning fidoyi, 
mehnatkash odamlari oldida bosh egish kerak, degan g‘oya ifoda 
etilgan. Bu zamin kishilari ezgu ishlari bilan tilga tushganlar. Buyuk 
olim Abu Ali ibn Sino, tarixchi olim Narshaxiy, islom dini ravnaqi va 
madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, tariqat 
allomalari Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Orif 
Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy kabilar, shuningdek, 
millatimiz adabiyoti, madaniyati taraqqiyotida munosib iz qoldirgan 


247 
Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, 
xalqimizning boshqa asl farzandlari shu zamindan etishib chiqqan. 
Ularning nomlari obidada zarhal harflarda naqshlangan. Bu bitiklar 
yuqorisida “Ilm o‘rganmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun 
farzdir”, degan hadis o‘zbek, arab va ingliz tillarida yozilgan. 
Ajdodlarimiz va ularning bugungi vorislari bu da’vatni hayot 
mazmuniga aylantirishgan. Buxoroning dunyoda ilm-ma’rifat maskani 
sifatida shuhrat qozongani bejiz emas. 
Xuddi shu erda Buxoroning ko‘hnaligidan darak beruvchi 
me’moriy yodgorliklar - Mag‘oki Attor, Ismoil Somoniy, Chorbakr, 
Minorai Kalon, Ark qal’asi, Labihovuz, Chorminor, Bahouddin 
Naqshband maqbarasi va boshqa qator obidalar tasviri toshda 
muhrlangan. “Dil ba yor-u, dast ba kor”-ulug‘ pir Bahouddin 
Naqshbandning monumentga bitilgan bu hikmati donishmand 
ajdodlarimizning qoldirgan ulkan ma’naviy merosining o‘ziga xos 
namunasi sifatida ko‘zga tashlanish barobarida bugungi avlodni 
mazkur da’vatga amal qilishga chaqiradi. 
Monument markazida uch avlod - baxtiyor yosh oila-ota, ona 
va bola, nihol o‘tqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota 
va o‘g‘ilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Bunda chuqur falsafa 
bor: hayot adabiy, umr o‘tkinchi, insonning ezgu amallari mangu 
qoladi, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilmog‘i, farzandlari kelajagini, 
el-yurtining ertasini o‘ylamog‘i kerak. 
Obida tepasiga o‘rnatilgan balandligi 5 metr, vazni 32 tonnadan 
iborat, aylanib turuvchi ulkan Er shari uzoq-uzoqlardan ko‘zga 
tashlanadi. Unda O‘zbekistonimiz xaritasi tasvirlangan. Mamlakatimiz 
mustaqillikka erishgach, dunyo bilan yuzlashdi, jahon hamjamiyatida 
o‘z o‘rnini egalladi, degan teran ma’no ifodalangan. Ushbu obida 
milliy ma’naviyatimizning monumental ifodasidir. 
Istiqlolning dastlabki yillarida respublikamizda qator teatrlar 
rekonstruksiya qilinib, ijodiy jamoalar ixtiyoriga topshirilgan edi. 
Buxoro davlat musiqali drama teatrining madaniy markazdagi 
muhtasham binosi so‘nggi chorak asrda mamlakatimizda poydevordan 
qurilgan yagona teatrdir. San’atkorlar va tomoshabinlarning bir necha 
avlodi armonlari ro‘yobga chiqib, barpo etilgan bu teatr o‘zining 
ko‘rkamligi, zamonaviy sahna imkoniyatlari va yoritkichlari bilan 
jihozlangani, unda yaratilgan qulay shart-sharoitlari bilan Markaziy 
Osiyodagi eng go‘zal san’at maskanidir. 


248 
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat teatrining 
yangi binosi hamda zamonaviy loyiha asosida barpo qilingan 
amfiteatrni o‘z ichiga olgan gulzor va xiyobonlardan iborat madaniy 
markaz sharif shaharni yanada go‘zal qilib, uni chinakam Sharq 
gavhariga aylantirdi. 
 “Ko‘hna va boqiy Buxoro” panoramasida aks ettirilgan tarixiy 
obidalar 
- Poykent (era.avv. Vasr) 
- Varaxsha (I-VI asrlar) 
- Mag‘oki Attor masjidi (IX asr) 
- Buxoro arki (V asr) 
- Ismoil Samoniy maqbarasi (X asr) 
- Minorai Kalon (1127 yil) 
- Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIV-XV asr) 
- Xoja Abduxolliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi (XV asr) 
- Mir Arab madrasasi (XIV asr) 
- Bahouddin Naqshband majmuasi (XIV asr) 
- Chorbakr (XIV asr) 
- Labi Hovuz majmuasi (XVII asr) 
- Chorminor (XIX asr) 
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” panoramasida aks ettirilgan tarixiy 
shaxslar 
- Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) 
- Imom Buxoriy (810-870 yillar) 
- Muhammad Narshaxiy (899-959 yillar) 
- Mahmud Torobiy (1238 yilda mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik 
harakati rahbari) 
- Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179 yillar) 
- Xoja Orif Revgariy (XIII asr) 
- Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy (XIII asr) 
- Xoja Ali Romitaniy (XIII asr) 
- Boboi Samosiy (XIV asr) 
- Amir Kulol (XIV asr) 
- Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) 
- Ahmad Donish (1827-1897 yillar) 
- Sadriddin Ayniy (1878-1954 yillar) 
- Abdurauf Fitrat (1886-1938 yillar) 


249 
- Fayzulla Xo‘jaev (1886-1938 yillar) 
- Olim Xo‘jaev (1910-1977 yillar) 
- Mutal Burhonov (1916-2002 yillar)
1
O‘zbekiston istiqlolga erishganidan so‘ng o‘tgan 28 yil ichida 
mamlakatimiz, jumladan, viloyatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotining 
barcha jabhalarida, jumladan, ajdodlarimizdan meros qolgan tarixiy 
yodgorliklarni ko‘z qorachig‘idek asrash, ularni qayta ta’mirlab, 
kelajak avlodlarga etkazish borasida asrlarga tatigulik ulkan ishlar 
amalga oshirildi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov qarori 
asosida Buxoroning 2500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni 
o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tadbirlar doirasida Kalon me’moriy 
majmui, Mir-Arab, Ulug‘bek madrasalari, Ark qal’asi, Somoniylar 
maqbarasi, Labi Hovuz majmui va boshqa ko‘plab yodgorliklar asl 
holiga keltirildi. Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, 
Sayyid Mir Kulol va boshqa tasavvuf allomalarining qadamjolari 
yangidan qurildi, asrlar silsilasi va qarovsizlik oqibatida nuray deb 
qolgan Chorbakr me’moriy majmui qayta qad rostladi. 
Buxoroi sharifni o‘rab olgan qadimiy qal’a va undagi 
darvozalar asrlar davomida bu ko‘hna zamin shaharsozligi va 
me’morchiligining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ammo 1920-yilning 
kuzida qizil qo‘shinlarning Buxoroga bosqini chog‘ida shahar qal’asi 
va darvozalarining to‘plardan o‘qqa tutilgani, bombardimon
sosialistik shaharsozlikda milliy qadriyatlar va an’analarga umuman 
e’tibor berilmagani, yurtimiz obidalarini ta’mirlashga davlat 
byudjetidan etarli miqdorda mablag‘ning ajratilmagani sababli 12 
kilometr uzunlikdagi qal’aning bir necha o‘n metri, qadimiy 
darvozalardan atigi ikkitasining qolgani bu ko‘hna zaminning o‘ziga 
xos me’moriy qiyofasi yo‘qolib borishiga olib kelishi mumkin edi. 
O‘sha vaqtdagi Viloyat hokimi S.Husenov ana shuni hisobga olib, bir 
necha yil muqaddam bir guruh oliyhimmat homiylar, iste’dodli 
me’morlar va ta’mirlovchi ustalar ko‘magida qadimiy qal’aning bir 
qismini, shahar darvozalarini qayta qurishdek xayrli ish tashabbuskori 
bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Olim 
Abdiev boshchiligidagi ta’mirlovchi ustalar guruhi XVI asrda Buxoro 
hukmdori Abdulazizxon tomonidan Buyuk Ipak yo‘li yoqasida 
1
 http://buxoro.uz/post/ko’hna-va-boqiy-buxoro-11291
 


250 
qurdirilgan Samarqand darvozasining poydevori o‘rnida 2009-yilda 
me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida bu muhtasham obidani 
yangidan bunyod etdi.
Buxoroning eski shahar qismiga borgan kishi Labi Hovuz 
me’moriy majmuidagi obidalarni ta’mirlandi, yo‘laklarga bezakli 
plitalar yotqizildi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Viloyatdagi barcha ta’mirlovchi 
ustalar, qurilish tashkilotlari mutaxassislari, tumanlardan jalb etilgan 
hasharchilar ikki smenada ishladilar. Sovetlar davrida yodgorliklarni 
buzilishdan saqlashga davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ nihoyatda 
kam bo‘lgani sabab 1000dan ziyod tarixiy obidaga ega viloyatimizda 
yiliga atigi bitta yoki ikkita masjid-madrasa engil-elpi darajada 
ta’mirlangan, xolos. Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Ahror 
Asrorov singari o‘nlab qo‘li gul ustalar 1960-1970-yillarda 
yodgorliklarni ta’mirladilar. So‘nggi yillarda viloyatimizda obidalarni 
ta’mirlash ishlari ko‘lamining keskin kengaygani tufayli nafaqat 
buxorolik naqqosh va o‘ymakorlar, ganchkorlar o‘z sohalari bo‘yicha 
ish bilan ta’minlandilar, balki sharif shahardagi qadimiy qal’aning bir 
qismini qayta tiklash, ziyoratgohlarni obodonlashtirishdek xayrli 
yumushlarga 
Xorazm, 
Qoraqalpog‘iston, 
Qashqadaryo, 
Samarqanddan va Farg‘ona vodiysidan ustalar ham jalb qilindilar. 
Ismat Muhsinov me’morchilik borasida uzoq yillar olib borgan 
tadqiqotlari, arxiv materiallari va eski fotosuratlarga tayanib, rus 
olimlari tayyorlagan sxemalarga aniqlik kiritib, Buxoro darvozalari 
ko‘pgina adabiyotlarda qayd etilganidek 11 ta darvozani, hamkasbi 
Komil Ikromov bilan birgalikda XVIII-XIX asrlarda Buxoro shahri 
darvozalari joylashgan hududlar xaritasini yaratdi. Ismat Muhsinov 
har bir darvozaning tarixini yozib, ularni fotosurati bilan matbuotda 
e’lon qildi. Bu materiallar alohida kitob holida chop etildi. 
Shayx Jalol, Samarqand, Hazrati Imom va Sallohxona 
darvozalari qurilishini loyihalashtirishda bu obidalarning azaliy 
joyida, qadimiy ko‘rinishida qad ko‘tarishini ta’minlash barobarida 
ma’lum hudud chiroyiga uyg‘unlashib ketishi hamda ularning 
shunchaki dekorativ inshoot bo‘lmay buxoroliklarga xizmat qilishi 
maqsadlarini ko‘zlangan. Ushbu loyihalar muallifi, qator xalqaro va 
respublika tanlovlarining sovrindori, taniqli me’mor Mahmud 
Ahmedov hisoblanadi. Shayx Jalol darvozasining yangidan tiklangan 
shahar qal’a devoriga va Xo‘ja Ismat Buxoriy ziyoratgohiga, yoxud 


251 
Hazrati Imom darvozasining Abu Hafs Kabir me’moriy majmuiga 
uyg‘unlashib ketgani bu boradagi ijodiy izlanishlarning samarasidir. 
Samarqand darvozasi yonida hunarmandchilik markazining bunyod 
qilinishi, qurilishi poyoniga etgan Sallohxona darvozasiga tutash 
hududda yaqinda barpo etilgan ulug‘ avliyo Boboyi Porado‘z 
qadamjosi ham Buxoroi sharifning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi
1
.
Buxoro asrlar davomida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
ulkan hissa qo‘shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor 
bo‘lgan muqaddas shaharlardan. 
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
rahnamoligida Buxoroda beqiyos bunyodkorlik ishlari amalga 
oshirildi. "Buxoro madaniy markazi", uning tarkibidagi "Ko‘hna va 
boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvchi 
sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan. 
So‘nggi yillarda bu boradagi ishlar viloyatda yanada keng 
ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 2016-yilda viloyat iqtisodiyotida 
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 
7,9 foizga oshdi. Viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi.
Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi oxiriga 
etkazildi. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni 
qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus 
maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash 
tizimi kiradi. 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li 
qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston gaz konlarini 
o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi. Markaziy Osiyodagi yirik 
ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan 
ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi.
2016-yili eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkent - 
Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob” 
elektr poezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bundan viloyat 
ahlining ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada 
mustahkamlandi. 
1
http://www.buxoro.uz/post/tarixiy-obidalar-49813
 


252 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling