Yengil va yuk avtomobillarining tuzilishi va ularga texnik xizmat kо‘rsatish” о‘quv fanidan о‘quv dasturi
bо‘lim. Yengil va yuk avtomobillarining tuzilishi
1-mavzu. Avtotransport vositalarining umumiy tuzilishi.
Yengil va yuk avtomobillarining vazifasi va tasnifi. Umumiy tuzilishi. Asosiy agregat, uzellar, mexanizmlar va tizimlarning vazifasi, joylashishi va о‘zaro bog‘lanishi. Avtotransport vositalarining qisqacha texnik tavsiflari. Zamonaviy yuk avtomobillar tuzilishining о‘ziga xos xususiyatlari.
2-mavzu. Elektromobillarning umumiy tuzilishi va ishlashi.
Elektromobillarning yaratilishi tarixi. Elektromobillarning umumiy tuzilishi va ishlashi. Elektr dvigateli bilan jihozlangan avtomobillar va ichkm yonuv dvigatelli avtomobillarning farqli jihatlari.
3-mavzu. Dvigatellarning umumiy tuzilishi va ishlashi.
Dvigatellar haqida umumiy tushunchalar. Ichki yonuv dvigatelining tuzilishi, komponovkasi, asosiy mexanizm va tizimlari, shuningdek ishlash tartibi. Krivoship-shatun mexanizmining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi. Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
4-mavzu. Sovitish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
Sovitish tizimining vazifasi va turlari. Sovitish tizimining ishlash sxemasi. Sovitish suyuqliklari va ularga qо‘yiladigan talablar. Dvigatelning issiqlik rejimi. Sovitish tizimidagi asboblarning vazifasi va joylashishi. Dvigatelni ishga tushirishdan oldingi qizdirish vositalari.
5-mavzu. Moylash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
Moylash tizimining vazifasi. Moylash tizimining ishlash sxemasi. Detallarning ishqalanish yuzalariga moyni uzatish usullari. Dvigatellarda qо‘llaniladigan moylar, ularning asosiy xususiyatlari va rusumlanishi. Moyning bosimini nazorat qilish. Dvigatelda moyni sovitish va tozalash usullari.
6-mavzu. Ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
Turli xildagi (benzin, dizel va gaz) yoqilg‘ilarda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Avtomobil dvigatellari uchun qо‘llaniladigan yoqilg‘ilarning turi, tasnifi va xususiyatlari. Ta’minlash tizimining sxemalari. Yoqilg‘ini, havoni tozalash va uzatish asboblarining vazifasi, joylashishi, umumiy tuzilishi va ishlashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |