7-mavzu. Gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimlarining umumiy tuzilishi.
Suyultirilgan gaz ballonli avtomobillarni ta’minlash tizimining tuzilishi va ishlash tartibi.
Siqilgan gaz ballonli avtomobillarni ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
8-mavzu. Elektr energiyasining manba va iste’molchilari.
Akkumulyator batareyasining vazifasi va turlari. Akkumulyator batareyalarining rusumlanishi va xususiyatlari. Elektrolit va u bilan ishlaganda ehtiyot choralari.
Akkumulyator batareyalariga xizmat kо‘rsatish.
Generatorning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Starterning vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Tashqi yorug‘lik asboblari, yorug‘lik va tovush ishorasi, nazorat-о‘lchov asboblari, oyna tozalagich va oyna yuvgichlar, salonni isitish va shamollatish tizimlarining vazifasi va ishlashi
О‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
Kontaktli va kontaktsiz о‘t oldirish tizimlari asboblarining tuzilishi va ishlashi.
Mikroprotsessorli о‘t oldirish tizimining vazifasi. О‘t oldirish tizimining asosiy nosozliklari va ularni bartaraf etish usullari.
9-mavzu. Transmissiyaning vazifasi va umumiy tuzilishi.
Transmissiyaning vazifasi va umumiy tuzilishi. Turli yuritmali
transmissiyalarning sxemalari. Bir va bir nechta yetaklovchi о‘qli transmissiyalarning sxemalari. Transmissiya agregatlarini, uzellarini va detallarini moylash usullari. Transmissiya moylari va konsistent surkovlar, ularning qо‘llanishi, asosiy xususiyatlari va rusumlanishi.
Ilashish muftasi mexanizmi, uning vazifasi, umumiy tuzilishi va ishlash tartibi. Mexanik va gidravlik yuritmali ilashish mexanizmining tuzilishi va ishlashi. Ilashish mexanizmining yuritmasini sozlash.
Uzatmalar qutisining vazifasi. Uzatmalar qutisining turlari. Uzatmalar nisbati. Uzatmalarni almashtirish mexanizmining sxemasi. Uzatmalar qutisining umumiy tuzilishi va ishlashi. Uzatmalarni bо‘luvchi va demultiplikatorning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Bо‘luvchi va demultiplikatorga ega uzatmalar qutisidan foydalanish. Sinxronizatorning vazifasi, ishlash prinsipi, tuzilishi va ishlashi.
Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Quvvat olish qutisining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Taqsimlash va quvvat olish qutisini qо‘shish mexanizmlarini tuzilishi.
Avtomat uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlashi.
Kardan uzatmasi va yetaklovchi g‘ildiraklar yuritmalarining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi. Asosiy uzatma, differensial va yarim о‘qlar.
Turli xildagi transmissiyalardan foydalanishning xususiyatlari. Transmissiyada sodir bо‘ladigan nosozliklar, ularning alomatlari va sabablari, ularni bartaraf etish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |