O’quv-tarbiya jarayonida didaktik materiallar ishlab chiqish va undan


 Mavjud vaziyat va dastlabki shart-


Download 244.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi244.23 Kb.
#213611
1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashgulot №4

1. Mavjud vaziyat va dastlabki shart-

sharoitlarni;   

2. O’quv maqsadlar va o’quv 

mazmunlarni belgilash; 

3.  Mashg’ulotlarni rejalashtirish    

4.  O’quv  didaktik materiallarni 

tayyorlash

5.  Nazariy dars  va instruktajni 

o’tkazish; 

6.  Bilim, ko’nikma va malakalarni 

baholash.  

 



O’qituvchining  mashg’ulotlarga  tayyorgarlik  ko’rishi  haqida  gap 

borganda, juda ko’p hollarda faqat bir o’quv kuni uchun zarur hamma narsalarni 

o’ylab  olish,  rejalashtirish  va  ta’minlashnigina  nazarda  tutiladi.  O’qituvchi 

tayyorgarlikni  yangi  o’quv  yili:  boshlanmasdan  oldin  boshlaydi.  Tabiiyki, 

tayyorgarlikning  mazmuni  tajribali  va  endigina  o’qituvchilik  qila  boshlagan 

pedagoglar  uchun  turlicha  bo’ladi.  Ammo  ishning  bu  bosqichi  tajribasidan 

qat’iy nazar har bir o’qituvchi uchun majburiydir. 

Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yosh mutaxassislar oldiga yangi 

talablar  qo’ymoqda.  DTSida,  o’quv  reja  va  dasturlarda  o’zgarishlar  yuz 

bermoqda, ta’limning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, axborot texnologiyalari 

paydo  bo’lmoqda,  yangi  darsliklar  va  o’quv  qo’llanmalari  nashr  etilmoqda. 

O’qituvchi  mashg’ulotlarga  tayyorgarlik  ko’rayotganida  bularning  hammasini 

hisobga olishi lozim. 

O’qituvchining o’quv yiliga (yarim yillikka) tayyorgarligi   

O’qituvchi  o’quv  yiliga  (yarim  yillikka)  tayyorlanayotganida  fani 

bo’yicha  o’quv  reja  va  dasturini  o’rganadi,  boshqa  fanlar  (umumiy  ta’lim, 

materialshunoslik,  chizmachilik,  elektrotexnika  va  boshqalar)  dasturlari  bilan 

tanishib chiqadi. 

O’qituvchilar  o’quv  dasturlarini  o’rganayotganida  ularga  kiritilgan 

mavzularning  ro’yxati  va  mazmuni  bilan  yaxshilab  tanishadilar.  Bu  ularga  har 

bir  mavzuni  o’rganish  maqsadini  aniq  tasavvur  etish,  oldin  o’tilgan  o’quv 

materialini  navbatdagi  material  bilan  bog’lashni  belgilab  olish  mashg’ulotlar 

o’tkazish  uchun  zarur  o’quv  ishlari,  jihozlar,  moslamalar,  asbob-uskunalar  va 

materiallarni anglab olish hamda ularni tayyorlash imkonini beradi. 

O’qituvchining dasturdagi navbatdagi mavzuni o’rganishga 

tayyorgarlik ko’rishi 

O’qituvchining  o’quv  dasturidagi  navbatdagi  mavzuni  o’rganishga 

tayyorgarlik ko’rishi quyidagilardan iborat: 




O’qituvchi mavzu o’quv materialining mazmunini tahlil qiladi, uni 

darslar  (mashg’ulotlar)  bo’yicha  taqsimlab  chiqadi  va  har  bir  darsga 

qo’yiladigan vazifalarni belgilab oladi;  

Mavzuni  o’rganish  paytida  o’quvchilar  bajarishi  lozim  bo’lgan 



o’quv ishlarining mazmuni hamda miqdorini belgilab qo’yadi; 

O’quv  guruhining  muayyan  mavzuga  doir  ishlarini  bajarish  uchun 



o’quv moddiy ba’za tayyorlaydi. O’quv dasturlarining ko’pchilik mavzulari bir 

qancha ishlarni o’z ichiga oladi; 

Bunday  hollarda  o’quv  materiali  mavzusi  mavzuchalarga  bo’lib 



chiqiladi. 

 O’qituvchining navbatdagi darsga tayyorgarlik ko’rishi 

O’quv  mashg’ulotiga  tayyorgarlik  ko’rish  o’qituvchining  butun 

tayyorgarlik  ishining  yakunlovchi  va  hal  qiluvchi  bosqichidir.  O’quvchilarga 

ta’lim  va  tarbiya  berish  samarasi,  ularning  kasbga  doir  bilimlarni,  ko’nikma 

hamda  malakalarni  chuqur  va  puxta  o’zlashtirib  olishlari,  ularda  faol  ishtirok 

etishi  hamda  mustaqillikning  rivojlanishi  ana  shu  tayyorgarlikka  bog’liqdir. 

O’qituvchining vazifasi har bir mashg’ulotga puxta tayyorlanishdir:  

1. 

Mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni tahlil qilish; 



2. 

O’quv maqsadlar va o’quv mazmunlarni belgilash

3. 

O’quv jarayonlarni loyihalashtirish; 



4. 

O’quv didaktik materiallarni tayyorlash; 

5. 

Nazariy dars va konstruktajni o’tkazish; 



6. 

Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash. 




 

 

 



 

 

 



 

 

1.3-chizma. Mashg’ulotlarga tayyoragarlik ko’rish bosqichlari. 



Ta’lim-tarbiya  jarayoni  sifati  va  samaradorligini  oshirish  ko’p    jihatdan 

ko’rgazmali  qurollar  ya’ni  ta’lim  vositalari  hamda  o’qitishning  texnika 

vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. 

O’quv  didaktik  vositalar  deganda  –  o’qitilishi  va  o’rganilishi  lozim 

bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalar tushuniladi. 

Ular  axborot  olish  va  axborotni  qayta  ishlash  uchun  ishlatiladi.  O’quv 

jarayonini sifat va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’quv vositalari bilan 

qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.  

O’quv vositalarini odatda ikki turga bo’linadi: 

 

 



 

 

 



 

 

1.4-chizma. Vositalar o’quv didaktik material sifatida. 




Download 244.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling