O’quv-uslubiy majmua 17 Ma’ruza rejasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1265569
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biotexnologiya qo\'llanma



 Biotexnologiya asoslaridan Biotexnologiya obyektlari va usullari. Biotexnologik obyektlarni tanlash.
o’quv-uslubiy majmua 
 
17 
Ma’ruza rejasi 
 
1. 
Viruslar. 
2. 
Viroidlar. 
3. 
Bakteriyalar. 
4. 
Zamburug'lar. 
 Tayanch atama va iboralar: mikroorganizmlar, hayvonlar, o'simliklar, 
prokariotlar, eukariotlar, akariotlar, hujayra nazariyasi, sitologiya, viruslar, 
virusologiya, virus turlari, virion, kapsid va nukleokapsid, viroid, bakteriya, 
endotsitoz va ekzotsitoz, arxeo- va eubakteriyalar, mendosikut, gratsilikut, 
tenerikutlar, totipotentlik, kallus, fermenter, roller,aseptika.
Biotexnologiya ob'ektlariga viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar-mikromitsetlar va 
makromitsetlar, sodda organizmlar, o'simlik, hayvon, inson to'qima va hujayralari, 
shuningdek biogen va funktsional jihatdan ularga o'xshash bo'lgan moddalar kiradi. 
Biotexnologik ob'ektlar hujayra va to'qimalar yoki ularning birlamchi, ikkilamchi 
metabolitlari bo'lishi xam mumkin. Ma'lum biomolekulani biotexnologik ob'ekt 
sifatida ishlatilganda xam uning dastlabki biosintezi uchun aynan shu biomolekulaga 
to'g'ri keladigan hujayradan foydalaniladi. Shuning uchun, biotexnologik ob'ektlarni 
3ta katta guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi: 

mikroorganizmlar 

o'simliklar 

hayvonlar 
Tirik organizmlarni majoziy ma'noda ixcham, murakkab, iqtisodiy tejamkor, o’z-
o’zini boshqara oladigan, barqaror va faol biokimyoviy ishlab chiqarish uchun 
texnologik parametrlarni optimal saqlay oladigan sistema deb xarakterlash mumkin. 
Bu ta'rif bo’yicha viruslarni organizm deb qabul qilish mumkin emas, biroq ularning 
irsiyati, moslashuvchanligi, o’zgaruvchanligi va boshqa xususiyatlariga ko’ra ularni 
jonli tabiat vakillari deb bemalol xisoblasa bo’ladi. 
Quyida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, biotexnologiya ob'ektlari 
viruslardan tortib odamgacha bo’lgan barcha tirik organizmlarni o'z ichiga qamrab 
oladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling