Proekt (loyiha) turli tipdagi fayllar majmuasidan tashkil topadi.
Proekt fayli (.dpr-kengaymali) boshqaruvchi programma bo’lib, Object Pascal tilida yoziladi. Katta hajmga ega emas Delphi tomonidan avtomatik ravshda tashkil qilinadi, proektning bosh formasini ishga yurgizadi. Bu faylni tahrirlash mumkin emas.
Proekt formalarining har biri ikkita fayl yordamida tasvirlanadi. Birinchisi
.dfm kengaymali fayl bo’lib forma xossalarining qiymatlarini saqlaydi. Ikkinchisi esa, .pas fayli Object Pascal tilining moduli (unit) hisoblanadi.
Modulning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Uses direktivasi. Drektiva proektda standart va boshqa proekt formalardagi modullar ishlatilishi haqida ma’lumot beradi;
Forma tipini tasvirlanishi. Formaga qarashli bo’lgan komponentalar tipini aniqlaydi;
Modul qismprogrammalari ishlatadigan global konstanta, tip va o’zgaruvchilarni tasvirlanishi;
Forma holatlariga aks ta’sirni (reaksiya) tasvirlovchi protseduralar.
Proyekt tarkibiga resurs (manba) fayllari ham kiradi.
Delphining ishlab chiqarish (loyihalash) muhiti to’rtta oynalardan iborat. Bu muhit ko’poynali ilovalarning bir hujjat interfeysi yordamida boshqarilishi (SDI- Single Document Interface) shaklida tashkil qilingan. Tizim bilan muloqot qilish va ish bajarish oynalar yordamida amalga oshiriladi. Oynalar turi va ular bajara- digan ishlarni ko’rib chiqamiz.
Bosh oyna. Asosiy oyna bo’lib unda menyu, tezkor o’tish paneli (lavhasi, SpeedBar), komponentlar majmui (palitra) joylashtirilgan. Menyu satri muhit- ning oynalarini tekshirish uchun ishlatiladi. Panel umumiy operatsiyalar (amallar) ga tezkor murojaat qilishni ta’minlaydi. Komponentalar palitrasida bir nechta guruh mavjud bo’lib ularning har birida piktogrammalar saqlanadi.
Palitradan kerakli komponentni topib “sichqoncha” yordamida forma oynasiga ko’chirish mumkin. Shu asosda aktiv ob’ekt hosil qilinadi va uning xossalari, ho- latlari belgilanadi. Bosh oyna quyidagi oynalarni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |