O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi


Download 1.96 Mb.
bet31/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda uni ratsional tashkil etish, jumladan, ixtisoslashtirish muhim ahamiyatga ega.


Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish (frnts. – specialisatian, lotincha specialis – ayrim, maxsus) – ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab chiqarishning turli bosqichlarini bir biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan yangi yangi ko’pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayonidir.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida qishloq xo’jaligi, sanoat, qurilish va boshqa har xil ishlab chiqarishlar mustaqil soha bo’lib ajralib chiqqan. Bu sohalarning o’z ichida ham ajralib chiqish sodir bo’lishi natijasida biron alomatiga ko’ra bir-biriga yaqin korxonalarni birlashtiruvchi ixtisoslashgan tarmoq vujudga kelgan.
Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki bir turli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga quyishga erishganlar hamda maxsus, o’ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib turgan va turishi mumkin.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirishning eng birinchi va elementar shakli sanoatning boshlang’ich shakli bo’lmish hunarmandchilik bilan birga vujudga keldi. Mehnat taqsimoti asosida rivojlanayotgan tovar xo’jaligi natural xo’jaligi, ishlab chiqarishning universalizmini yemirib tashladi.
Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usullarini qo’llashni yengillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlashtirish jarayonidir.
Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojalanishiiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zaruriyat bo’lib qoldi. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omillari – elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog’likdir.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbob-ukunalardan, materiallardan bekami-ko’st foydalanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan mahsus mashina va asboblarni qo’llashda, mehnat unumdorigini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlarini tejashda katta samara keltiradi.
Korxona bo’limlarining ixtisoslashuvi - ayrim tsexlar, uchastkalar, ish joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishga va jarayonlarni bajarishga ixtisoslashuvida ifodalanadi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi shakllari keng tus olgan:
-birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shakli buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdan iborat;

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling