O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish menejmentida asosiy ishlab chiqarishning o’rni


Download 1.96 Mb.
bet30/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

8-mavzu: Ishlab chiqarish menejmentida asosiy ishlab chiqarishning o’rni.
Reja:

  1. Korxona faoliyatida asosiy ishlab chiqarishning o’rni.

  2. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi.

  3. Ishlab chiqarish turlari va ularni iqtisodiy jixatdan baxolash.

  4. Asosiy ishlab chikarishni tashkil etish usullari.




  1. Korxona faoliyatida asosiy ishlab chiqarishning o’rni.

Korxonalarda asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar mavjud bo’ladi. Bundan tashqari yana xizmat ko’rsatish ishlab chiqarishi, ko’makchi va qo’shimcha ishlab chiqarishlar ham bo’lishi mumkin. Bu ishlab chiqarishlar ichida asosiy ishlab chiqarish eng muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. asosiy ishlab chiqarishda birinchi ahamiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni - bu xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanguncha bo’lgan barcha jarayonlar tushuniladi. Korxonaning murakkab negizi bo’lib ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadiki, bunda xom-ashyo tayyor mahsulotga aylanadi. Demak, asosiy ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish jarayoni xom ashyoni tayyor mahsulotga aylanishiga bevosita aloqador bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat predmetiga mehnat vositalari ta’siri orqali amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yoki ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmetlari, mehnat vositalari va jonli mehnatning o’zaro ta’sirining natijasi bo’lib hisoblanadi. Bu elementlarning birlashuvi ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda vazifasi bir xil bo’lmagan turli jarayonlardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlarini sifatiy o’zgarishlariga olib keladigan jarayonlar asosiy jarayonlar deyiladi (sifatiy o’zgarishlar mehnat predmetlarining ichki xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, shakli, hajmi va boshqalar). Yordamchi jarayonlar esa asosiy jarayonlarni amalga oshirishda kerakli shart sharoitlar yaratadi. Bularga quyidagilar misol bo’la oladi: turli xildagi energiya ishlab chiqarish, xom ashyo, materiallar tayyor mahsulotning fazodagi o’rnini almashtirish, jihozlar remontini tashkil qilish va boshqalar.


Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy bo’limlarga, ya’ni operatsiyalarga bo’linadi. Ishlab chiqarish operatsiyasi deb bir yoki bir nechta ishchilar tomonidan bir ish joyida bir xil mehnat predmetlari ustida va bir xil mehnat qurollari bilan bajarilgan ishlab chiqarish jarayonining qismiga tushuniladi. Ish kuchi, mehnat vositasi va mehnat predmetining o’zaro birlashuvi bir operatsiyani bajarishni bildiradi. Bu elementlardan birining o’zgarishi esa boshqa operatsiyaning boshlanishidan darak beradi. Mehnat predmetining bir sifatiy holatdan ikkinchi sifatiy latga o’tishida katnashadigan bir yoki bir nechta operatsiyalarning birlashmasi ishlab chiqarish bosqichi deb aytiladi. Ishlab chiqarish jarayoni turli xildagi operatsiyalardan to’zilgan bo’lib, bu operatsiyalar 2 ta belgi orqali klassifikatsiyalanishi mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar vazifasi bo’yicha operatsiyalarga bo’linadi
2. Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar bajarilishi bo’yicha operatsiyalarga bo’linadi
Operatsiyalarning bajarilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi:
1. Mashinada bajariladigan operatsiyalar;
2. Mashina - qo’lda bajariladigan operatsiyalar;
3. Faqat qo’lda bajariladigan operatsiyalar.
Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar vazifasi bo’yicha asosiy va yordamchi operatsiyalarga bo’linadi. Asosiy operatsiyalarga texnologik operatsiyalar deb aytiladi. Yordamchi operatsiyalar o’z navbatida uch guruhga bo’linadi:
1. Ko’chuvchi (tashuvchi) operatsiyalar yoki transport operatsiyalari. Bu operatsiyalar mehnat predmetlarining o’rnini fazoda o’zgartiradi.
2. Nazorat operatsiyalari (temperaturani o’lchash yoki nazorat qilish, namlikni o’lchash, tarozida o’lchash)
3. Xizmat ko’rsatish operatsiyalari. Bu operatsiyalar jarayonning borishi uchun normal sharoitlar yaratib beradi (ish joyini yig’ishtirish, tozalash, mashina va jihozlarni tozalash, yog’lash, tekshirish va boshqalar)
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida yordamchi operatsiyalarning umumiy sonidagi solishtirma og’irligi kamaytirishni talab qiladiki, bu mahsulot ishlab chiqarish mehnat sig’imini va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun jadvallik va grafiklik metodlari qo’llaniladi. Jadvallik usulda asosan 2 ta jadval to’ldiriladi.
Grafik usulda har xil operatsiyalar geometrik shakllar bilan va chiziqlar bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun har bir guruh operatsiyalarining umumiy miqdoridagi nisbiy vazni hisoblanadi. Bizga ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishni texnologik operatsiyalar bajaradi. SHuning uchun ularning asosiy soni qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoni shuncha takomillashgan hisoblanadi. Har xil operatsiyalarning ularning umumiy miqdoridagi o’zaro nisbati ishlab chiqarish jarayonining strukturasi deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shu jarayonning mexanizatsiyalashtirish darajasini hisoblashga asos bo’ladi. Mexanizatsiyalashtirish darajasi quyidagi formula orqali topiladi:



bu yerda:
Km - mashinada bajariladigan operatsiyalar miqdori;
Km.q - mashina-qo’lda bajariladigan operatsiyalar miqdori;
Kum - umumiy operatsiyalar miqdori




  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling