O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish strukturasi turlari, texnologik strukturaga ko’ra, progressiv texnologiya jarayonlari


Download 1.96 Mb.
bet28/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

3.Ishlab chiqarish strukturasi turlari, texnologik strukturaga ko’ra, progressiv texnologiya jarayonlari.

Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv idoralari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik yirik bo’ladi.


Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning mikdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularniig mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o’zaro munosabalarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va xududiy joylashuvini aks ettiradi.
Acociy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy - xomashyo va yarim tayyor) mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi.
Yordamchi tsexlar acociy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tsex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasiga (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, oshxova, sanatoriy va boshqalar) tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’kimachilik kombinatlarida yigiruv, to’quv tsexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir tsex ma’lum bir mahsulot yoki unnng bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobilь zavodida motor tsexi, shassi tsexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:

  • texnika va texnologiyaning xususiyatlari;

  • ishlab chiqarish hajmi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarining murakkabligi va nomenklaturasi;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, msxanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;

  • mulk shakli;

  • raqobat olib borish usullari hamda shakllari va xokazo.

Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; aloxida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz tuzilma kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini qo’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling