O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarishni boshqarish.Ishlab chiqarish boshqarishni maqsad va vazifalari


Download 1.96 Mb.
bet24/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ishlab chiqarishni boshqarish.Ishlab chiqarish boshqarishni maqsad va vazifalari.

Ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy maqsadi ishlab chiqarish korxonalari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlarni berib, ulardan samarali rahbar o’z ishida har xil xolatlarni hisobga olib, kelajakni oldindan ko’ra bilib, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanishiga yordam beradi. Mana shunday xolatga tayyorlashni «Ishlab chiqarishni boshqarish» fani o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.


Boshqa mehnat turlariga qaraganda bu mehnat o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Boshqaruv mehnati bilan tugullanayotganlar ijodiy harakterdagi akliy mehnat bilan band bo’ladilar. Bunda ular maqsadlarni quyish, ularga erishish usul va vositalarini kidirib topish va foydalanish, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish ishlarini amalga oshiradilar.
«Ishlab chiqarishni boshqarish» kursining maqsadi bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni, o’quvchilarda zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
«Ishlab chiqarishni boshqarish» fanining asosiy maqsadlaridan yana biri tashkilotlar (katta va kichik, tijorat, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlari va hokazo turdagi) to’g’risida asosiy ma’lumotlarni berib, ularni samaradorligini ta’minlashda rahbar o’z ishida har xil holatlarini hisobga olishini, kelajakni oldindan ko’ra olishini, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanishi, ya’ni har qanday rahbar kishini uddaburon, o’zgarishlarga tayyor, malakali va zamon bilan teng qadam tashlashini talab qiladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy vazifasi korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish, shuningdek uning negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste’moli mahsulotlari bilan boyitish, jahon bozoriga chiqishga keng yo’l ochish va o’z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda raqobatdosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va u bilan birga respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yishni ilmiy negizini yaratishdir.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling