O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ish usullarining ishlab chiqarish muddatiga ta’siri


Download 1.96 Mb.
bet21/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ish usullarining ishlab chiqarish muddatiga ta’siri.

Ishlab chmqarish muddatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichida ish usullari muhim o’rinni egallaydi. Ma’lumki, dastgoxlarda asosiy ish jarayoni amalga oshirilishi va uning sifati shu dastgoxda faoliyat olib borayotgan ishchiga va mutaxassisga hamda ular tomonidan bajariladigan ish usullariga bog’liqdir. Tajribali xodim samarali ish usullarini amalga oshiradi va buning natijasida uning mehnat unumdorligi ortishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish muddatini qisqartirilishga erishish mumkin. Ishlab chiqarish muddatining qisqartirilishi mahsulotlar va xizmatlar sifatiga ta’sir etmagan xolda bajarilishiga erishish muximdir.


Mehnat qurollariga ta’sir qilishning usul va xarakteriga qarab asosiy va yordamchi jarayonlar: qo’l bilan, mashina-qo’l bilan, mashina bilan, avtomatlashtirilgan va apparat bilan bajariladigan jarayonlarga bo’linadi. Qo’l bilan bajariladigan jarayon asosan mehnat predmetlari shaklining o’zgarishiga qaratilgan bo’ladi.
Mashina va qo’l yordami bilan bajariladigan jarayonga faqat mashina bilan bajariladigan ish elementlarigina emas, balki qo’l mehnati bilan bajariladigan ishlar ham kiradi. Masalan, detallarni qo’l bilan olib turish usulida stanokda ishlov berish.
Mashina va mexanizmlar yordami bilan bajariladigan jarayonda materiallarning shakli, katga-kichikligi, ko’rinishi, holati o’zgaradi va ishchilarning qatnashishi chegaralangan bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan jarayonlar ishchilar qatnashmagan holda yoki faqat ularning kuzatuvi yordamida amalga oshiriladi.
Apparatli jarayon fizikaviy, kimyoviy va issiqlik jarayonlariga aloqador bo’lib, bu maxsus agregatlarda texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish jaryonlari vaqt bo’yicha davom etish xususiyatlariga qarab takrorlanib turadigan va uzluksiz jarayonlarga bo’linadi. Takrorlanib turadigan jarayonlarda boshlang’ich xomashyo va materiallar uskunalar yordamida uzluksiz ravishda qayta ishlanadi va natijada tayyor mahsulotga aylantiriladi.
Har qanday sanoat korxonalarida va tsexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayoni asosida jonli mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan vaqt va fazoda ratsional ravishda foydalanish yotadi. Bu esa uskunalar, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda mehnat resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishishni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomiollashtirishning rejali mutanosib bo’lishini ta’minlaydi.


  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling